Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem 0-3 Chelsi
21/09 17:00 Metallurg 3-2 Paxtakor
21/09 17:00 Valyadolid 0-0 Real Sosyedad
21/09 17:30 Liviya 0-8 Ispaniya
21/09 17:30 Qozog‘iston 10-0 Yangi Zelandiya
21/09 18:00 Venetsiya 2-0 Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa 3-1 Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem 3-1 Nyukasl
21/09 19:00 Lester 1-1 Everton
21/09 19:00 Tottenhem 3-1 Brentford
21/09 19:00 Liverpul 3-0 Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton 1-1 Ipsvich
21/09 19:15 Olimpik 0-3 Dinamo
21/09 19:15 Osasuna 2-1 Las-Palmas
21/09 20:00 Angola 5-9 Argentina
21/09 20:00 Ukraina 4-1 Afg‘oniston
21/09 21:00 Yuventus 0-0 Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas 0-0 Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya 2-0 Jirona
21/09 23:45 Lechche 2-2 Parma
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina 2-1 Lasio
22/09 17:00 Xetafe 1-1 Leganes
22/09 17:30 Marokash 1-4 Portugaliya
22/09 17:30 Panama 8-3 Tojikiston
22/09 18:00 Brayton 2-2 Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa 1-2 Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao 3-1 Selta
22/09 19:30 Surxon 0-1 Bunyodkor
22/09 20:00 Fransiya 1-4 Eron
22/09 20:00 Venesuela 7-3 Gvatemala
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka

«Qizil iblislar» «Sariq suv osti kemasi»ga qarshi: «MYU» - «Vilyareal» (prevyu)

«Qizil iblislar» «Sariq suv osti kemasi»ga qarshi: «MYU» - «Vilyareal» (prevyu)

Baho:
+ | -

Musobaqa: UYEFA Chempionlar ligasi(guruh bosqichi)
O‘yin vaqti: 2021 yil, 29 sentyabr, chorshanba
O‘tkazilish joyi: Angliya, Manchester, «Old Trafford» o‘yingohi
Bosh hakam: Feliks Svayer(Germaniya)
O‘yin starti: mahalliy vaqt bilan 20:00(Toshkent vaqti bilan 00:00)

«Manchester Yunayted» klubi bugun tunda Ispaniyaning «Vilyareal» jamoasini o‘z uyida mehmon qiladi. Ushbu bahs 2019 yilning aprel oyidan buyon muxlislar bilan to‘la bo‘lgan Orzular teatri - «Old Trafford» o‘tkazilajak Yevrokubok musobaqasidir. Ushbu to‘qnashuv oldidan quyida juftliklar haqida bir qadar ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

«MYU» haqida

Edinson Kavani o‘tgan shanba o‘tkazilgan «Aston Villa»ga qarshi bahsda jamoa safiga qaytgan edi. O‘sha kuni «qizil iblislar» mudofaasi qalqonlari bo‘lgan Lyuk Shov hamda Harri Maguayr jarohat olib maydonni erta tark etisha majbur bo‘lgan edi. Sulsher tomonidan bu futbolchilar holati haqida seshanba kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berilgan. Aron Van-Bissaka ushbu o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi. Negaki, u dastlabki turda «Yang Boyz»ga qarshi qizil kartochka olgan.

«Vilyareal» haqida

Ispan klubida tarkib bilan bog‘liq muammolar nisbatan jiddiyroq tus olgan. Ular Angliya safariga Samu Chukunzeve, Dani Raba, Jerard Moreno hamda Yeremi Pinolarsiz chiqishgan. Shuningdek, Frensis Koklen ham disvalifikasiya tufayli jamoaga yordam bera olmaydi. Klub «Real» qarshi so‘nggi o‘yinida Xuan Foytdan ham ayrilgan edi. Ammo argentinalik futbolchi mashg‘ulotlarga qaytgani va ushbu bahsda foydalanilishi mumkinligi aytilgan. Emeri bu to‘qnashuv uchun ko‘p ehtimol 4-3-3 taktik sxemasidan foydalanadi.

Bugungi uchrashuv juftliklar o‘rtasida tarixdagi oltinchisi bo‘ladi.2005-2006 hamda 2008-2009 yillarda YECHL guruh bosqichida to‘rtta o‘yin bo‘lib o‘tgan va ularning bari 0-0 hisobidagi durang bilan yakunlangan. Bu yili may oyida, Yevropa ligasi finalida jamoalar beshinchi marta to‘qnash kelishdi va unda durang qayd etilgandi. Penaltilar seriyasida «Vilyareal» g‘olib chiqqan.
O‘tgan hafta «qizil iblislar» uchun juda murakkab bo‘ldi. Ular o‘z uyida mag‘lubiyat alamini ta’tib ko‘rishga majbur bo‘ldilar. Jamoa so‘nggi uchta o‘yinda faqat 1 ta g‘alaba qayd eta oldi, xolos. Shunday bo‘lsada, klub APL jadvalida yetakchidan atigi 1 ochko ortda qolmoqda. Sulsher shogirdlari YECHLda ham ishlarini yaxshilab olishlari zarur.
«Vilyareal» dastlabki turda «Atalanta» bilan durang o‘ynagan edi. Shundan keyin «Malyorka» hamda «Real» bilan ham ketma-ket duranglar qayd etdi. Klub mavsum davomida faqat bir marta, «Elche»ga qarshi 4-1 hisobida g‘alaba qozondi. Qolgan bahslar durang bilan yakunlangan. Bu esa «sariq suvosti kemasi»ni La ligada 11 o‘rinda joylashishiga sabab bo‘ldi.

Tahminiy tarkiblar:
«MYU» uchun:
Darvozada: De Xea;
Himoyada: Dalot, Varan, Lindelyof, Telles;
Tayanch y,h: Maktominay, Pogba
Hujumkor y,h: Grinvud, Fernandesh, Sancho;
Hujumda: Ronaldu.

«Vilyareal» uchun:
Darvozada: Rulli;
Himoyada: Foyt, Albiol, Torres, Pedraza;
Yarim himoyada: Parexo, Kapu, Trigeros;
Hujumda: Gomez, Alkaser hamda Danjuma.

 

 

Jaloliddin ISMATOV tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:55, 29.09.2021.
O'qildi: 2104 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.