Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Jasur Yaxshiboyevning «Sherif»i raqamlarda: o‘zidan 64 karra qimmat «Real»ni yengdi va YECHLdagi ikkita o‘yinda 4 yillik byudjetiga teng pulni jamg‘arib qo‘ydi

Jasur Yaxshiboyevning «Sherif»i raqamlarda: o‘zidan 64 karra qimmat «Real»ni yengdi va YECHLdagi ikkita o‘yinda 4 yillik byudjetiga teng pulni jamg‘arib qo‘ydi

Baho:
+ | -

«Sherif» Chempionlar ligasining asosiy sensasiyasiga aylandi. Moldova jamoasi saralash bosqichida Albaniyaning «Teutu», Armanistonning «Alashkert», Serbiyaning «Srvena Zvezda» va Xorvatiyaning «Dinamo Zagreb»ini yengib, guruh bosqichiga chiqqanda hamma hayron bo‘lgan edi. Bu hali boshlanishi bo‘lgan ekan. Chempionlar ligasi guruh bosqichining birinchi turida «Sherif» «Shaxtyor»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi turda esa «Santyago Bernabeu» stadionida sensasion ravishda «Real» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tarixiy voqeaning asosiy faktlariga e’tibor qaratamiz:

— «Sherif» «Real»ning mavsumdagi birinchi mag‘lubiyatiga sababchi bo‘ldi. Madridliklar mavsumni a’lo darajada boshladi: 7 turdan so‘ng 5 ta g‘alaba, 2 ta durang bilan La liga yetakchisi. YECHLning birinchi turida Milanda «Inter» ustidan g‘alaba qozondi, ikkinchi turda esa bu voqea sodir bo‘ldi.

— Ikkinchi turdan so‘ng musobaqa jadvali shunday ko‘rinish olgan: «Sherif»da 6 ochko, «Real»da 3 ochko, «Inter» va «Shaxtyor»da 1 ochkodan.

— «Sherif» saralash o‘yinlari bilan hisoblaganda Chempionlar Ligasida 10 ta o‘yindan buyon mag‘lubiyatga uchramayapti — 8 g‘alaba, 2 ta durang.

— Tiraspolliklar fantastik statistika qayd etdi: 4 ta zarba, 3 tasi aniq va 2 tasi gol. Madridliklar esa darvoza tomon 31 ta zarba berdi, shulardan 11 tasi aniq. Anchelotti shogirdlari yagona golni penaltidan urdi. Mehmonlar posboni Georgios Atanasiadisni ham esdan chiqarmaslik lozim. Darvozabon uchrashuvda 10 ta seyv amalga oshirdi.

— Birinchi bo‘limda «Real» 13 ta zarba berdi va gol ura olmadi. Bundan ko‘proq golsiz zarbalar (14) oxirgi marta 2014 yil may oyida «Valensiya»ga qarshi o‘yinda bo‘lgan edi.

«Sherif»ning ikkala gol muallifi ham tarixda qoladi

25-daqiqada Jasur Yaxshiboyev hisobni ochdi. Maksim Shaskixdan so‘ng Chempionlar Ligasida «Real»ga gol urgan ikkinchi o‘zbek futbolchisi. Kiyevning «Dinamo» jamoasi sobiq hujumchisi 2006 yilda «Real»ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etgandi, 86 va 88-daqiqalarda esa Ronaldo o‘z dubli bilan javob qaytargan. O‘yin 2:2 hisobida yakunlangan.

Yaxshiboyev ham «Dinamo Kiyev»da o‘ynashi mumkin edi. Kiyevliklar 2020 yil dekabr oyida o‘zbekistonlik futbolchiga taklif bilan chiqqan. Ammo Jasur rad javobini berdi va yakunda Polshaning «Legiya» jamoasiga o‘tdi. «Sherif» esa Yaxshiboyevni ijaraga oldi. Moldova jamoasi bosh murabbiyi Yuriy Vernidub ikki hafta avval bundan xursand ekanligini aytgandi.

"Men Jasurni juda yaxshi bilaman. Uni jamoamizga olib kelishga imkon borligini bilgach, ikki qo‘limni ko‘tarib, bunga rozilik berganman. Unda Xudo yuqtirgan iqtidor bor. "Dinamo" Yaxshiboyevni xarid qilishga urinib ko‘rganidan xabarim bor. Bilmadim, nega u Kiyevga ketmadi. Lekin Jasurning biz bilan ekani quvontiradi. Momo Yansane ikkalasi jamoaga yordam beradi. Ular yuqori darajadagi futbolchilar", degandi Yuriy Vernidub.

Sebastyan Till 89-daqiqada g‘alaba golini urdi. U Chempionlar Ligasida gol urgan birinchi lyuksemburglik futbolchiga aylandi. Yil boshida «Tambov»da o‘ynagan futbolchi kecha «Santyago Bernabeu»da gol urdi. Tambovdagi faoliyati haqida Till shunday deydi: «Men boshqa futbolchilar bilan bir uyda yashardim. Sharoit uncha yaxshi emasdi. Klubda esa pul yo‘q, futbolchilarga maosh ham to‘lay olmagan. U yerda 3 oy faoliyat olib bordim. Yanvar oyida barcha futbolchilar jamoani tark eta boshladi, men ham ketishga qaror qildim».

«Sherif»ning yana bir qahramoni — braziliyalik himoyachi Kristiano. U ikkita o‘yinda 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi va eng yaxshi assistentlar ro‘yxatida «Ayaks» futbolchisi Antoni bilan birga yetakchilik qilmoqda.

Moldova jamoasi byudjeti 5—8 million yevroni tashkil qiladi. «Real» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng «Sherif» 2,8 million yevro ishladi. Klub hozirgacha ushbu musobaqa ortidan 22 million yevrodan ortiq pul yig‘ib qo‘ydi: 15,7 million bazaviy, 1,2 million tarixiy natijalari uchun va 5,6 million ikkita o‘yindagi g‘alabasi uchun. Bu TV-huquqlar uchun beriladigan bir necha ming yevroni hisobga olmagandagi raqamlar. «Sherif» allaqachon 4 yillik byudjetini ta’minlab oldi.

Darvozabon Atanasiadisni sotib yuborsa, byudjet g‘aznasi yana boyiydi. Posbon 2 soat ichida bir necha millionga qimmatladi. Transfermarkt’ga ko‘ra, jamoalarning umumiy narxi quyidagicha ko‘rinish olgan: 793,5 millionga, 12,38 million.

«Sherif» anchadan buyon Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga chiqa olmayotgandi. 2018 yilda YECHL saralash bosqichida Makedoniyaning «Shkendiya» jamoasi moldovaliklarni musobaqadan chiqarib yuborgandi. Keyin esa Islandiyaning «Valur»i Yevropa Ligasi pley-off bosqichida ularga «javob berib yuborgan»di. Bir yildan so‘ng «Sherif» ushbu bosqichlarda Gruziyaning «Saburtalo»si va Shvesiyaning «AIK» jamoasiga mag‘lub bo‘lgandi.

2020 yilda «Sherif» saralash doirasida Ozarbayjonning «Qorabog‘» jamoasiga mag‘lub bo‘lgan, Yevropa Ligasida esa «Dandolk» moldovaliklarni guruh bosqichiga chiqishiga yo‘l qo‘ymagandi.

2021/22 yilgi Chempionlar Ligasining guruh bosqichida «Sherif» saralashdagi eng yaxshi to‘purari Luvannorsiz o‘ynayapti. Braziliyalik futbolchi 2021 yil iyul oyida BAAdan «Sherif»ga kelgan edi. Saralash bosqichidagi ajoyib o‘yinlaridan so‘ng Luvannor jamoani tark etdi. Bu safar Saudiya Arabistoniga.

«Luvannor allaqachon 30 yoshga kirdi. Oilasi va farzandlari haqida o‘ylashi lozim. U yerda to‘rt marta ko‘proq maosh to‘lashadi. Bu yerda qolishdan nima naf? ‘Santyago Bernabeu’ga borib rasm tushib keladimi? ‘Inter’ va ‘Real’ga qarshi o‘yinlarda Luvannor nimadir qiladi, deb o‘ylamayman», — degan edi moldovalik jurnalist Sergey Besedin.

Ko‘rinishidan, braziliyalik futbolchi shoshqaloqlik qilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:15, 30.09.2021.
O'qildi: 5664 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.