Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Superliga. «Qo‘qon-1912» - «Paxtakor»: o‘zaro o‘yinlar tarixidan

Superliga. «Qo‘qon-1912» - «Paxtakor»: o‘zaro o‘yinlar tarixidan

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasi 21-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” - “Paxtakor” uchrashuvi 1 oktyabr kuni Qo‘qon shahridagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zaro o‘yinlar
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 31 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning 5 tasida qo‘qonliklar zafar quchishgan, 19 ta bahsda “Sherlar”ning qo‘li baland kelgan. Yettita uchrashuvda durang natija qayd etilgan.

To‘plar nisbati – 82-41, “Paxtakor” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Qo‘qon-1912” 22 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Paxtakor”ning ochkosi 64 tani tashkil etadi.

Ushbu jamoalarning so‘nggi oltita uchrashuvi:

12.05.2021 Paxtakor - Qo‘qon 1912 - 3:0
20.10.2020 Paxtakor - Qo‘qon 1912 - 2:1
18.08.2020 «Qo‘qon-1912» - «Paxtakor» 1:3
26.07.2019 Paxtakor - Qo‘qon 1912 - 3:1
29.06.2019 «Qo‘qon-1912» - «Paxtakor» 1:2
12.08.2018 «Qo‘qon-1912» - «Paxtakor» 1:1

Hakamlar
O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi Coca Cola superligasining 21-turida ishlaydigan rasmiylar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra Qo‘qondagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tadigan "Qo‘qon-1912" - "Paxtakor" uchrashuvini tajribali xakamlarimizdan bo‘lgan Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradigan bo‘ldi.

Coca-Cola Superliga. 21-tur
1 oktyabr, juma
QO‘QON-1912 – PAXTAKOR
Hakamlar: Vadim Agishev, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Alisher To‘xtasinov
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Aleksandr Davidenko

Boshlanish vaqtlari
“Qo‘qon-1912” “Paxtakor” uchrashuvi, 1 oktyabr juma kuni Qo‘qon shahridagi “Markaziy” stadionda soat 16:00 da boshlanadi. Bugun esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari U-21 birinchiligi 21-turida maydonga tushishadi. Mazkur o‘yin Qo‘qon shahridagi 2-BO‘SMga qarashli stadionda soat 15:45da boshlanadi.

Chiptalar
Ertaga Qo‘qondagi "markaziy" stadionida bo‘lib o‘tadigan "Qo‘qon-1912" hamda "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin uchun chiqarilgan chiptalar sotuvga chiqarildi. Chiptalar stadionimiz kassalarida, doimgidek 10 000 va 15 000 so‘mdan sotilmoqda.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 15:30, 30.09.2021.
O'qildi: 1440 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.