Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

APL. "Manchester Yunayted" 9 o‘yindan beri o‘z maydonida «Everton»ga yutqazmayapti, Ronalduda yubiley bo‘lishi mumkin (prevyu)

APL. "Manchester Yunayted" 9 o‘yindan beri o‘z maydonida «Everton»ga yutqazmayapti, Ronalduda yubiley bo‘lishi mumkin (prevyu)

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-Ligasi 7-turi doirasida "Manchester Yunayted" o‘z maydonida «Everton»ni qabul qiladi.

Bilasizmi?

"Manchester Yunayted" Premyer-Liga doirasida «Everton» bilan o‘tkazilgan oxirgi 12 o‘yinda faqat bir marta yutqazgan (6 g‘alaba, 5 durang). Ushbu holat 2019 yilning aprel oyida "Gudisson Park"dagi o‘yinda (4:0) sodir bo‘lgandi.

Ronaldu mazkur bahsda maydonga tushsa, bu uning APLdagi 200-bahsi bo‘ladi. U shu paytga qadar 87 gol urishga erishgan. Shuningdek, portugaliyalik bu dovonni zabt etgan MYUning 24-futbolchisi bo‘ladi. Musobaqada bu istalgan jamoadan 8 marta ko‘proq degani.

«Everton» ustozi Rafael Benites APL doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi oxirgi 9 safar o‘yinida 7 marta mag‘lub bo‘lgan va ikki marta g‘alaba qozongan. Uning g‘alabalari 2009 yilning mart oyida «Liverpul» (4:1) hamda 2013 yilning may oyida «Chelsi» klubi (1:0) bilan qo‘lga kiritilgan. Rafa «Old-Trafford»da uchta katta klub bilan MYUni yutgan ilk murabbiyga aylanishi mumkin.

Andros Taunsend joriy mavsum barcha musobaqalarda istalgan «Everton» futbolchisidan ko‘proq golli vaziyatlarda ishtirok etgan (8 o‘yin, 4 gol, 3 assist). U o‘tgan mavsum "Kristal Pelas" safida MYU bilan o‘yinning (3:1) dastlabki golini kiritgan va jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shgandi.

 

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Maykl Oliver

Qanot hakamlari: Styuart Byurt, Simon Bennet

Zaxira hakami: Pol Tirni

VAR: Styuart Atuell

VAR yordamchisi: Harri Lennard

 

Taxminiy tarkiblar

Manchester Yunayted - De Xea, Van-Bissaka, Lindelyof, Varan, Shou, Fred, Matich, Pogba, Lingard, Grinvud, Kavani

Everton - Pikford, Godfri, Mina, Kin, Din, Taunsend, Dukure, Allan, Ivobi, Grey, Rondon.

 

Yo‘qotishlar

Mankunianliklar tarkibida Markus Reshford, Amad Diallo hamda Harri Maguayr jarohati bois maydonga tusha olishmaydi. Shou sport formasini tiklab olmagan va qatnashishi so‘roq ostida.

«Everton» safida Koulmen, Delf, Kalvert-Lyuin, Risharlisonlarda jarohat bor. Andre Gomesh va Gbaminning maydonga tushishi so‘roq ostida. Gilfi Sigurdsson boshqa sababga ko‘ra MYU bilan o‘ynamaydi.

 

Raqamlar

MYU barcha musobaqalarda «Everton»ga qarshi oxirgi 9 uy o‘yinida mag‘lubiyatga uchramagan.

Mankunianliklar barcha musobaqalarda «Everton»ga qarshi so‘nggi 4 o‘yinda kamida ikkitadan gol kiritgan.

«Everton» so‘nggi 6 o‘yinning beshtasida kamida ikkitadan gol urgan (Premyer-Liga).

Jamoalar o‘zaro 58 marta to‘qnash kelishgan. Shulardan 37 uchrashuv Manchester klubi, yettitasi esa Mersisayd klubi foydasiga hal bo‘lgan. 12 bellashuvda g‘olib nomi aniqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan 16:30da start olishi rejalashtirilgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:27, 01.10.2021.
O'qildi: 5392 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.