Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Yaxshiboyev yoxud Madriddagi o‘yin qahramonlari haqida

Yaxshiboyev yoxud Madriddagi o‘yin qahramonlari haqida

Baho:
+ | -

28-sentyabr, seshanba kuni Chempionlar Ligasidagi sensasion natija qayd etildi. Moldovaning "Sherif" klubi Madridda "Real"ni mag‘lub etdi. Yana bir marta ushbu o‘yin bilan bog‘liq faktlar va uchrashuv qahramonlariga to‘xtalib o‘tamiz.

Raqamlar nima deydi?
Odatdagidek diqqatni raqamlarga qarataylik. “Galaktikos”ning zarba berishdagi deyarli sakkiz karra ustunligini ko‘rdik. Ammo jamoalarning narxi va moliyaviy imkoniyatlari bundanda kattaroq farqni ko‘rsatmoqda. Transfermarkt.de jami "Real" futbolchilarini 792,5 million yevroga, "Sherif"ni 12,38 mln yevroga baholagan. Madrid klubi futbolchilari 64 barobar (!) qimmatroq. Ammo Tiraspol klubi Moldova chempionatining so‘zsiz peshqadami – uning past moliyaviy imkoniyati Moldovada eng yaxshisi hisoblanadi. Lekin Yevropada “Sherif” shunchaki “faqir” klub sifatida ko‘riladi.

E’tiborimni tortgan yana bir son bu “nol”. Madriddagi o‘yinida aynan shuncha Moldova fuqaroligini olgan futbolchilar maydonga tushgan. Seshanba kuni kechqurun Madrid stadioni maydoniga chiqqan 15 futbolchi orasida Gretsiya, Kolumbiya va Braziliyadan ikkita, hamda Italiya, Peru, Shimoliy Makedoniya, Gana, Mali, O‘zbekiston, Lyuksemburg, Trinidad va Tobago vakillari bor edi. 11 mamlakatdan yig‘ilgan futbolchilar ukrainalik bosh murabbiy Yuriy Vernidub qo‘l ostida maydonga tushishgan. Qaydnomada Moldovadan to‘rt futbolchi bor edi, lekin ularning hammasi zaxira o‘rindig‘ida o‘yinni to‘liq tomosha qilishgan.

Bu fakt Rossiya matbuotida legionerlar chegarasi haqida qizg‘in munozaraga sabab bo‘gan. Ligeonerlar bo‘yicha cheklov qo‘ymagan “Moldova” o‘z chempionati klublariga bergan erkinligi o‘z mevasini ko‘rsatayotgandek ko‘rinmoqda. Lekin, bundan millat futboli o‘sarmikin? Aynan mana shunday qarama-qarshiliklar negizi ko‘plab ichki chempionatlarida cheklovlari mavjud yurtlarda bahslarni keltirib chiqardi.

Butun Yevropa ularni tan oldi
Har qanaqasiga ham "Sherif" murabbiylar shtabi va futbolchilari o‘zini qahramon kabi his qilishga haqli. Qahramonona yurish Jasurbek Yaxshiboyevning golidan so‘ng boshlandi. Uning gol nishonlash chog‘idagi harakatlari butun jamoaga umid bergan bo‘lsa, yurtimiz futbol ishqibozlariga cheksiz faxr tuyg‘usini taqdim etdi. Undan so‘ng “Sherif”ning o‘ziga ishonchi ortib ketdi va har bir futbolchisi o‘zini bir o‘yinga bolsada, iqtidorli deb hisoblashdi. Menimcha, bu o‘yindan so‘ng Moldova klubi futbolchilariga “kuchli beshlik”dan “sovchilar” yog‘ilib kelishsa kerak. Aynan kimlar o‘z o‘yini bilan skautlarni aql-u hushini o‘girlagan? Quyida ular haqida so‘zlashamiz.

Jasurbek Yaxshiboyev, hujumchi, 24 yoshda (taxminiy narxi - 500 ming yevro)

Birinchi bo‘limning o‘rtalarida hamyurtimiz hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi. Birinchi 45 daqiqalikda Jasurbek dublni ham rasmiylashtirishi mumkin edi. Ammo omad undan yuz o‘girdi. Uning yo‘llagan xavfli zarbasi darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi. Shuni aytish kerakki, Jasur anchadan buyon yaxshi klublar qiziqishi doirasida edi. 2020-yilning qishida “Dinamo Kiyev” yurtdoshimizga qiziqish bildirgan edi. Lekin oxir-oqibat Jasur Polshaning “Legiya” jamoasi a’zosiga aylangandi. Bu yil yozda esa u “Sherif” tarkibiga kelib qo‘shildi. Menimcha Vernidub bunday xujumchini ijara evaziga bo‘lsa-da, jamoaga kelgandigan xursand bo‘lsa kerak. Yaxshiboyev “galaktikos” darvozasini ishg‘ol etgan ikkinchi o‘zbekistonlik ekanligini e’slatib o‘tmoqchiman.

Giorgios Atanasiadis, darvozabon, 28 yoshda (taxminiy narxi - 600 ming yevro)

Grek darvozaboni ikkinchi taymda ko‘plab zarbalarni bartaraf etdi. U “Sherif”da Yaxshiboyevdan bir oy oldin paydo bo‘lgan, shuningdek, Giorgios “AYEK”dan qarzga olib kelingan. U oxirgi marta 2017/18 yilgi mavsumda “AYEK”da birinchi raqamli darvozabon bo‘lgan. Ammo "Bernabeu"dagi o‘yinidan so‘ng, u o‘z faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish uchun barcha imkoniyatlarga ega. U o‘yinda 11ta seyvni amalga oshirdi, to‘pga chiqishlarda ajoyib harakat qildi va sheriklariga ishonch bag‘ishlab turdi. U faqat penaltidan gol o‘tkazib yubordi (lekin zarba yo‘nalishini topgandi). UYEFA tomonidan YECHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi deb tan olinishi bejiz emas. Haqiqatdan u o‘yin qahramoni bo‘lgandi.

Sebastyan Till, hujumkor yarim himoyachi, 27 yosh (taxminiy narxi - 400 ming yevro)

Avvaliga biroz o‘zini tiklab olish uchun “Tambov”da paydo bo‘lgan. Lekin, qulayotgan “Tambov”da ko‘p vaqt to‘p tepmagan Till uchrashuvdagi yakuniy nuqtani qo‘ygan edi. U “Sherif” tarkibda 6 oy oldin paydo bo‘lgandi va endilikda “Bernabeu”da ajoyib goli bilan muxlislar yodida qoladigan bo‘ldi. Menimcha, lyuksenburglik futbolchiga kimdir o‘yindan bir kun oldin, “Ertaga “Sherif” “Real”ni mag‘lub etadi, sen esa o‘yinning so‘ngida g‘alaba to‘pini kiritasan”, — desa ishonmagan bo‘lardi. Lekin u bu ishni bajardi: urgan goli shunchaki madridliklarning ovozini o‘chirib qo‘ydi.
 
22 yoshli Fernando Konstanza, o‘ng qanot himoyachisi (taxminiy narxi - 500 ming yevro)

Braziliya - barcha darajadagi Yevropa chempionatlari uchun legionerlarni yetkazib beruvchi asosiy mamlakat. Yosh Kostanta uchun bu futbol dunyosidada o‘z o‘rnini egallash uchun ikkinchi urinish. O‘smirlik chog‘ida u o‘zini "Lill"ning ikkinchi jamoasida sinab ko‘rdi va shu yozda u “Botafogo”dan erkin agent sifatida keldi, u yerda u deyarli maydonga tushmas edi. Muxlislar golni eslashadi, lekin Kostanzaning himoyadagi ishlarining samaradorligi seleksionerlarning e’tiboridan chetda qolmadi. Braziliyalik futbolchining hisobida 4 ta zarba va bir nechta zarba yo‘liga qalqon bo‘lish statitikasi mavjud. Braziliyalikning g‘alabaga qo‘gan hissasi yuqoridagilardan kam emas, albatta.

Krishtianu, chap qanot himoyachisi, 28 yosh (600 ming evro)
Tiraspol himoyasining chap qanotida boshqa braziliyalik harakat qiladi, u himoyaviy o‘yinda unchalik kuchli emas, lekin aynan Yaxshiboyevning goliga assisti tufayli uning o‘yini qadrlanmoqda. "Shaxtyor" bilan o‘tkazilgan birinchi turda Krishtianu sheriklariga ikki marta golli uzatma bergan edi. Uchta golli uzatma bilan u hozirda "Ayaks" hujumchisi Antoni bilan Chempionlar ligasining eng yaxshi assistentlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Albatta hozirdanoq unga La liga klublaridan qiziqish bo‘layotganligi to‘g‘risida mish-mishlar uchramoqda.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.

Келинг, уларнинг келгусидаги фаолиятида омад тилайлик. Ростдан улар шундай ўйини билан кучли чемпионатларда тўп сура олади. Комментга Яхшибоев қайси клубга мос тушишини ёзишни унутманг.

Kiritildi: 16:00, 01.10.2021.
O'qildi: 4084 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.