«Lasio» hujumchisi Chiro Immobile Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turi doirasida blib o‘tgan «Lokomotiv»ga qarshi o‘yinda jarohat olgandi.
Rimliklar matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi o‘ng oyog‘ining mushagidan olgan jarohati u qadar jiddiy emas. Uning tiklanishi uchun taxminan 10 kun vaqt kerak bo‘ladi.