"Borussiya Dortmund" yarimhimoyachisi Marko Roys Bundesliganing 7-turidan o‘rin olgan "Augsburg"ga qarshi o‘yinda (2:1) Yulian Brandtga assistentlik qildi.
Bu uning Dortmund klubidagi 100-golli uzatmasi bo‘ldi. Shunday qilib, 32 yoshli futbolchi "Borussiya" tarixidagi umumiy hisobda 100ta gol va yana shuncha golli uzatmani amalga oshirgan birinchi futbolchi bo‘ldi.