Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Bahrom Haydarov: “Futbolchilarimiz o‘zlariga yuklatilgan vazifalarini a’lo darajada bajarishdi”

Bahrom Haydarov: “Futbolchilarimiz o‘zlariga yuklatilgan vazifalarini a’lo darajada bajarishdi”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliganing 21-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Navbahor” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Bahrom Haydarov ishtirok etib, o‘yin borasidagi fikrlarini bildirdi.

— Avvalo, jamoamiz nomimdan “Surxon” muxlislariga minnatdorlik bildiraman va g‘alaba bilan tabriklayman. Juda qiyin o‘yin bo‘ldi, chunki hammamizga ma’lum, “Navbahor” tajribali futbolchilarga ega kuchli jamoa. Yigitlarimiz matonat ko‘rsatishdi va oltinga teng uch ochkoga ega chiqdik. O‘yinga kelsak, futbolchilarimiz o‘zlariga yuklatilgan vazifalarini a’lo darajada bajarishdi. Yigitlar keyingi bahslarda ham shunday harakat qilishsa, o‘ylaymanki, g‘alabalar bardavom bo‘ladi.

— Keyingi turda  “Surxon”ni safarda “Turon”ga qarshi yana bir o‘ta muhim bahs kutib turibdi...
— “Turon” jamoasi turnir jadvalida bizning raqobatchimiz sanaladi. O‘yingacha hali 12 kun vaqt bor. Yaypanliklarning o‘yinini batafsil o‘rganib chiqamiz va astoydil tayyorgarlik ko‘ramiz. O‘sha uchrashuvda ko‘p narsa oydinlashadi.

— Murodbek Bobojonovning goli borasida to‘xtalib o‘tsangiz...
—  Darvozabon o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubormasligi, hujumchi esa gol urishi kerak. Bu hayot qonuni. Bobojonovning oldingi o‘yinlarda omadi kelmayotganligi bois, 2-3 ta bahsda unga dam bergandik. Bugungi o‘yinda esa uning omadi chopib, gol urdi. Bu esa jamoada raqobat borligini ko‘rsatib berdi. Jamoaning har bir chizig‘ida raqobat bo‘lishi shart.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 07:14, 04.10.2021.
O'qildi: 1300 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.