Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Lukaku ketdi deb kuyinmang, axir u bor-ku!

Lukaku ketdi deb kuyinmang, axir u bor-ku!

Baho:
+1 | -

Futbolda muxlislar bilan hisoblashish hech qaysi zamonda oson bo‘lmagan. Lekin o‘z ixlosmandlaringni sovrin bilan xursand qilsang, bu boshqacha tuyg‘u beradi, albatta. Ayniqsa, 10 yildan keyin qo‘lga kiritilayotgan chempionlik bo‘lsa. «Ranjtilgan» atamasini bu yozda klubining eng yaxshi hujumchisini yo‘qotgan «Inter» fanatlariga ishlatsak to‘g‘ri bo‘ladi. Ayniqsa, chempionlikdan keyin, bu yanada alamliroq tuyuladi. Sotuvdan ko‘p o‘tmay, butun klubni yelkasida ko‘tarib yurgan futbolchi o‘rniga 35 yoshli faxriy Edin Jeko olib kelindi. Aniqrog‘i, tekinga transfer qilindi.

Edin Jekoning Rimni tark etishi «Roma» muxlislarini unchalik ham tashvishga solgani yӯq, aslida. Negaki, hujumchi oxirgi paytlarda jamoasiga deyarli yordam bera olmay qolgandi. Jeko 6 yil mobaynida Italiya poytaxtida o‘zining 3 ta eng yaxshi mavsumini o‘tkazdi. Qolgan uch yilida, xatto «dubl» muallifi bo‘la olmadi. Faoliyatining so‘nggi yilida esa «Olimpiko» stadionida o‘z faoliyatidagi eng yomon mavsumni o‘tkazdi. Shunday qilib, voqealar so‘ngida «San Siro»ga bir mavsumda 24 golli Lukaku o‘rniga 7 golli, pensioner Jeko olib kelindi. Bu narsa klub muxlislarini chempionlik himoyasiga bo‘lgan umidlarini so‘ndira boshladi. Ammo, yangi mavsumning hozirgi qismiga kelib, yuqorida aytilgan gaplar noo‘rin ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi. 7 turdan keyin Jeko gollari soni bo‘yicha o‘tgan mavsumdagi butun statistikasidan atigi 1 ta golga ortda qolmoqda. Ya’ni hujumchi hozirgacha 6 ta gol urishga erishdi. U o‘tmishda qanday harakat qilgan bo‘lsa, hozir ham shu tempda davom etmoqda. Bu haqda hujumchining o‘zi shunday deydi: «Albatta, men mavsumni mana shunday muvaffaqiyatli boshlashga umid qilgandim. Negaki, men o‘z imkoniyatlarim va qobiliyatlarim bilan nimalarga qodir ekanimni yaxshi bilaman. «Inter» aynan shuning uchun men bilan shartnoma tuzgan. Men maydonda doimo barcha kuch-g‘ayratim bilan harakat qilganman».

Kuchli ishonch! Albatta, u bunday deyishga munosib. U isbotlangan iste’dod egasi. Buni shanba oqshomidagi bahsda ham ko‘rsatib qo‘ydi. O‘yinning 58 daqiqasida maydonga tushgan hujumchi mag‘lub bo‘layotgan jamoasini 32 daqiqa ichida g‘alabaga erishtira oldi. «Inter» «Sassuolo» bilan bahsda o‘yinni har tomonlama boy berayotgan edi. Jamoa mag‘lubiyat tomon qadam bosgandi. Ammo Jekoning kelishi o‘yin kartinasini butunlay burib yubordi. U maydonda to‘pga birinchi teginishidayoq gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bosniyalik strayker jarima maydonchasiga yaxshi kirib bordi va Ivan Perishichning oshirgan to‘pini boshi bilan darvozaga joyladi. U kichik epizod o‘laroq, o‘z professionalligini namoyish etdi va vaqt ketayotganligini bilib, hatto golni ham nishonlamadi. Faqatgina jamoasini ruhlantirib qo‘ydi, xolos. Voqeadan 20 daqiqa o‘tgach, katta sahnada yana u paydo bo‘ladi. 78 daqiqada himoyachilarni dog‘da qoldirib, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va penalti ishladi. Bunda Martinez maqtovlarga sazovar bo‘ldi, ammo hammasiga Jeko sababchi edi. Jamoaviy o‘yin sirlarini juda yaxshi egallagan hujumchi o‘yin so‘ngida g‘alaba nashidasini sheriklari bilan baham ko‘rdi. O‘yindan keyin Jeko shunday deydi: «Siz zahiradan tushirilar ekansiz, o‘yinda burilish yasay olishingiz talab etiladi. Sizga shuning uchun murabbiydan ijozat tegadi, aslida. Bizda iqtidorli futbolchilar ko‘p, ammo hammasiga ham maydonda imkon berilavermaydi. Maydonga tushirilgan o‘yinchi vazifasi uchun 100 foizdan ko‘proq harakat qilishi shart. Bugun biz shunday qildik va yakunda natija biz tarafda bo‘ldi».

Edin Jekoning xaridi shov-shuvli, qimmat yoki e’tibor markazida bo‘lmagan bo‘lishi mumkindir. Lekin uning golga bo‘lgan ishtiyoqini ko‘rib, uning maydonda doimo foydaliligiga amin bo‘lasiz. Edin barqaror to‘purar va istalgan jamoaga o‘zini bahshiyda qila oladigan fidoyi inson. Aynan shu taraflari bilan u Italiyadagi boshqa futbolchilardan ajralib turadi. «Inter» muxlislariga maslahat – Lukaku ketganidan qayg‘urmang. U orqali kelgan daromaddan xursand bo‘ling. Romeluning o‘rni yaqin bir-ikki yil ichida bilinmaydi!

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 20:24, 04.10.2021.
O'qildi: 4638 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.