Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Toshkentda Bodibilding va jismoniy sport turlari bo‘yicha XII jahon chempionati ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Bodibilding va jismoniy sport turlari bo‘yicha XII jahon chempionati ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 4-6-oktabr kunlari Toshkentdagi «Humo Arena» sport majmuasida Bodibilding va jismoniy sport turlari bo‘yicha XII jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqada dunyoning 21 davlatidan jami 350 nafar sportchi va delegatlar ishtirok etishi kutilmoqda.


Jahon chempionatida erkaklar va ayollar quyidagi toifalarda g‘oliblik uchun o‘zaro musobaqalashadi:

Bodibilding – muskullarning eng katta hajmiga ega sportchilar bahslashadigan musobaqaning eng mashhur toifasi;

Atlet-fizik – bu toifada sportchilar o‘z mashg‘ulotlari, ovqatlanishi va turmush tarzini ideal jismoniy holatga erishish uchun tuzadilar;

Fitnes-fizik – bu toifada qaddi-qomat, elastiklik, nafislik, texnika va estetika baholanadi, bundan tashqari akrobatika elementlari ham hisobga olinadi;

Model-fizik – bu toifada sportchilar maqbul mushaklar massasiga ega kelishgan tana tuzilishlarini namoyish qilishlari kerak;

Sport-fizik – bu toifada ishtirokchilarning vazni, tana tuzilishi va jismoniy holati hisobga olinadi.

 

Bugun musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Unda Turizm va sport vazirining o‘rinbosari Avazjon Karimov, Jahon bodibilding va jismoniy sport federasiyasi (WBPF) prezidenti, janob Datuk Pol Chua, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabduraxmonov, O‘zbekiston bodibilding, fitnes va mas-restling federasiyasi raisi Odil Abduraxmonov hamda keng sport jamoatchiligi ishtirok etdi.

 

«Qayd etish lozim, O‘zbekistonda Bodibilding va fitnes sport turi tobora ommalashib bormoqda. Ayni paytda mamlakatimizda ushbu sport turi bo‘yicha 200 nafarga yaqin murabbiylar faoliyat olib borishayotgan bo‘lsa, ularning qo‘l ostida 5 ming nafardan ortiq o‘g‘il-qizlar muntazam ravishda shug‘ullanib kelishmoqda. Mazkur sport turi bo‘yicha mamlakatimiz sportchilari Osiyo, Yevropa va Jahon miqyosidagi xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etgan holda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelishmoqda. Jumladan, shu kungacha o‘zbekistonlik sportchilar orasidan 8 nafar Jahon, 6 nafar Yevropa hamda 12 nafar Osiyo chempionlari, shuningdek ko‘plab Xalqaro turnirlarning g‘oliblari yetishib chiqqanligi ham ushbu sport turi mamlakatimizda tobora rivojlanib borayotganidan darak beradi», - dedi ochlish marosimida so‘zga chiqqan A.Karimov.

 

«Jahon chempionati uzoq tanaffusdan keyin o‘tkazilmoqda – biz butun dunyodagi pandemik vaziyat tufayli 2020 yilgi mavsumni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldik. Bu borada o‘zbekistonlik hamkorlarimizning musobaqani keng ko‘lamda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqanligini esa faqat olqishlaymiz. Ishonch bilan ayta olamanki, bo‘lajak musobaqa yuksak saviyada tashkil etiladi», - deb ta’kidladi WBPF prezidenti Datuk Pol Chua.

O‘zbekona karnay-surnay sadolariyu milliy raqslarimizning betakror jozibasi jahon chempionatiga tashrif buyurgan mehmonlarga manzur bo‘ldi.

Ruslan Maksimov tayyorladi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:51, 04.10.2021.
O'qildi: 2914 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.