Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

«Pul bilan bitmagan ish, katta pul bilan bitadi» yoxud «Nyukasl»ni xarid qilganlar haqida

«Pul bilan bitmagan ish, katta pul bilan bitadi» yoxud «Nyukasl»ni xarid qilganlar haqida

Baho:
+ | -

Kecha tunda dunyo nashrlarida futbol olamini yengilgina “titratib” yuborgan xabar paydo bo‘ldi. APL rasman “Nyukasl” Saudiya Arabistoni hukumati sarmoyaviy jamg‘armasi (PIF – Public Investment Fund) tomonidan xarid qilingani haqida e’lon qildi. Ushbu qirollikning valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon rahbarlik qiluvchi bu fond moliyaviy jihatdan sayyorraning eng baqquvat tuzilmalaridan biri ekani rost. Raqamlarga qaralsa, taqriban 500 000 000 000 (besh yuz milliard) AQSH dollaridagi aktivlarga egalik qiluvchi bu kompaniyaning APL klubini sotib olishi nimani anglatadi? Yaqin yillar ichida dunyo “Chelsi”, “Manchester Siti” yoki PSJ kabi dinamik o‘sishga erishuvchi, tarkibida super yulduzlar to‘p tepuvchi jamoa yaratilishiga guvoh bo‘ladimi Keling, bir boshidan.

2021 yil PIF tuzilganiga 50 yil to‘ldi. “Arab mamlakatlari  faqat neftga bog‘lanib qolgan, oxiri ko‘rina boshlagan bu resurs tugab borar ekan, bu mamlakatlarda ham iqtisodiy nochorliklar yuzaga keladi”, degan gapni eshitganmisiz? Bu – chalg‘ituvchi stereotip!

O‘tgan asr 60-70 yillaridanoq uglevodorod zaxiralariga boy bo‘lgan arab mamlakatlari uzoq kelajak uchun strategik rejalar tuzgan bo‘lib, Saudiya Arabistoni Qirolligi ham bundan mustasno emas. PIF mana shu maqsadda tuzilgan jamg‘armadir. O‘tgan davr mobaynida fond dunyodagi eng tez o‘sayotgan o‘nlab sohalardagi yuzlab kompaniyalir aksiyalari sohibiga aylanib ulgurgan. Ayniqsa XXI asrda hammasi tezlashib ketdi. Softbank, Citigroup, Tesla, Boeing, Disney, Bank of America, Berkshire Hathaway va Uber. Fond bu mashhur kompaniyalar aksiyalarining minoritar (50 foizdan kam) paketiga egalik qiladi. Va bu hali to‘liq ro‘yxat emas, albatta.

Jamg‘arma salobatini yaqinroqdan ko‘rsatib beruvchi yana bir misol. Samolyotlari bilan butun olamga mashhur Boeing kompaniyasini bilasiz. Saudiya jamg‘armasi birgina bu kompaniyaning (kichik miqdordagi) aksiyalari uchun 713 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagan. Bu pulga “Nyukasl” kabi klubdan ikkitasini xarid qilish mumkin. Qaytimiga esa Chempionshipdan biror jamoani ham qo‘shib olsa bo‘ladi.

Xullas, haqiqatdan ham APLdagi mavjud o‘yinchilar orasiga o‘ta jiddiy yangi o‘yinchi qo‘shilayotgani bor gap. Ammo...

Yuqoridagilar klub birdan parvoz qilishini, kelasi mavsumdan boshlab bu yerda Mbappe yoki Xoland singari yulduzlar to‘p tepa boshlashini anglatadimi, degan savolga javob berishga shoshmagan bo‘lardim. Boisi APL klub bo‘yicha kelishuvga ma’lum shartlar evaziga rozi bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, Saudiya Arabistoni qirollik oilasi klubni nazorat qilolmaydi. Bu ishni maxsus tuzilgan PCP Capital Partners i RB Sports & Media kompaniyasi amalga oshiradi. Bu esa ishlarni ancha sekinlashtiradi. Boz ustiga top futbolchilar kelishi uchun “Nyukasl” pullardan tashqari hali o‘ziga reputasiya ishlashi lozim. Hatto, tarkib birdaniga kuchaytirilsa ham jamoa chempionlik darajasiga birdaniga chiqishi qiyin deb o‘ylayman. Masalan, “Manchester Siti”da shayxlar rahbariyatga kelishi bilan darhol emas, 5 yil o‘tib ilk chempionlik nishonlangan. Agar kimdir o‘zim izlanaman desa, 2010 yillarda Ispaniyaning “Malaga” hamda Qatar amirlik oilasi o‘rtasidagi keysni o‘rgansin, chunki bu variant ham bo‘lib qolishi hech  gap emas.

Lekin, pul hal qilmagan ishni, ko‘proq  pul hal qiladi, deysizmi? Haqsiz! Mana hal qildi-ku...

Kuzatamiz.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 07:00, 08.10.2021.
O'qildi: 8541 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик