Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Nukusda aralash jang san’atlari bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati o‘tkaziladi

Nukusda aralash jang san’atlari bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, 9-10-oktabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri aralash jang san’atlari bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida birinchi marotaba o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

Ma’lumki, 2020 yil 9 fevralda Markaziy Osiyo aralash jang san’atlari Konfederasiyasi (CAMMAC)ga asos solingan edi. Ertaga ilk marotaba start oladigan chempionat aynan CAMMAC, Xalqaro aralash jang san’atlari federasiyasi va O‘zbekiston jang san’atlari assosiasiyasi bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda.

Tabiiyki, turnirda ushbu tashkilotga a’zo 5ta mamlakat vakillari ishtirok etadi. Bular – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjon aralash jang san’ati ustalardir.

Bugun ushbu musobaqaga bag‘ishlab Nukus harbiy garnizonidagi madaniyat saroyida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda tashkilotchilar OAV xodimlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berishdi.

Shuningdek, matbuot anjumanida musobaqaning faxriy mehmoni – Xalqaro aralash jang san’ati federasiyasi prezidenti janob Kennit Braun so‘zga chiqib, chekka-chekka xududlarda ham sport turlariga berilayotgan e’tibor, sportchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar tufayli bugungi kunda xalqaro maydonlarda o‘zbek sportining nufuzi ortib borayotganligi haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi.

Ertaga, 9 noyabr kuni Markaziy Osiyo chempionati boshlanadi. Unga ko‘ra, sportchilar 52.2 kg, 56.6 kg, 61.2 kg, 65.8 kg, 70.3 kg, 77.1 kg, 83.9 kg, 93 kg, 120 kg hamda 120 kg.dan yuqori vazn toifalarida saralash bahslariga kirishadi. Musobaka Nukus shahridagi 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabiga qarashli «Manej» sport majmuasida o‘tkaziladi. Janglar har byuiri 3 daqiqadan iborat 3 raund davom etadi. Birinchi Markaziy Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi ertaga soat 18:00da boshlanadi.

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoa sharafini Humoyunshoh Zokirov, Behruz Isroilov, Husniddin Sattorov, Shukurullo Rustamov, Behruz Akbarov, Munis Mo‘minjonov, Ikrom Erjanov singari jami 20 nafar havakor sporchilarimiz himoya qilishadi.

Kiritildi: 20:01, 08.10.2021.
O'qildi: 1916 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик