Italiyaning ikkinchi kuchli divizionidagi «Piza» hujumchisi Lorenso Lukka «Milan» rahbariyati tomonidan nishonga olindi, deb yozadi Goal nashri.
21 yoshli futbolchi bir yil oldin «Palermo»da o‘ynagan va yanvarda u yana klubni o‘zgartirishi mumkin. Hozirgi mavsumda Lorenso Lukka B Seriyaning eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.
2021/2022 yilgi mavsumda u 6 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.