Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/05 19:00 Bunyodkor 3-2 Lokomotiv
23/05 23:45 Kalyari - Fiorentina

«Yangi Alba» yoxud «Barselona» sotib olishi mumkin bo‘lgan 5 futbolchi

«Yangi Alba» yoxud «Barselona» sotib olishi mumkin bo‘lgan 5 futbolchi

Baho:
+ | -

«Barselona» bir necha yillardan buyon Jordi Albaga o‘rinbosar topishga urinmoqda. Junior Firpo xaridi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. 2019 yilning yozida kataloniyaliklar «Betis» futbolchisini sotib olishdi. «Ko‘k-anorranglilar» futbolchi uchun 20 million yevro to‘lagan va 2 yildan so‘ng Firponi «Lids»ga 15 millionga sotishdi. Klub tarbiyalanuvchisi Xuan Miranda ham «Barselona»da yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadi va klub uni «Betis» sotib yuborgan. Ma’lum bo‘lishicha, Albada 17 yoshli Aleks Baldedan boshqa o‘rinbosar yo‘q, lekin kataloniyaliklar har doim o‘z tarbiyalanuvchilariga ishonishmaydi.

Bu shuni anglatadiki, «ko‘k-anorranglilar» yana chap qanot himoyachisini qidirish uchun yana transfer bozoriga kirishga majbur bo‘ladi. Sir emaski, «Barselona»ning moliyaviy ahvoli og‘ir. Bundan tashqari, moliyaviy barqarorlikni tezda to‘g‘rilash uchun «ko‘k-anorranglilar» qarzini to‘lashga tayyor kompaniya paydo bo‘ldi. Shunga asoslanib, taxmin qilish mumkinki, klub yaqin kunlarda Albaga o‘rinbosar topadi. «Stadion.uz» nashri esa mazkur o‘ringa nomzod bo‘lgan 5 futbolchini taxmin qiladi.

Rafael Gerreyro
Klubi: «Borussiya Dortmund»
Yoshi: 27 yoshda
Transfer narxi: 40 million yevro



Gerreyro har doim sifatli himoyachi bo‘lgan, lekin u oxirgi paytlarda ayniqsa yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. O‘tgan mavsumda portugaliyalik gol + pas tizimida 18 ochko to‘pladi (8 + 10), bu uning faoliyatidagi eng yaxshi ko‘rsatkich edi. Joriy mavsumda himoyachi Bundesliganing oltita o‘yinida 3 ta gol urgan. Futbolchi o‘z pozisiyasida juda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Gerreyroning «Borussiya» bilan shartnomasi 2023 yilning iyunigacha amal qiladi. Tomonlar kelishuvni hali yangilamagan. Balki, yangi bitimni futbolchining o‘zi buni xohlamas, o‘z kuchini boshqa klubda sinab ko‘rishni xohlar. «Barselona» mazkur futbolchini sotib olishga harakat qilishi kerak. Portugaliyalik futbolchi uchun ham Kataloniya klubi varianti qiziqarli tuyulishi aniq.

Robin Gosens
Klub: «Atalanta»
Yoshi: 27 yoshda
Transfer narxi: 35 million yevro



Gosens bir necha yillardan buyon top -klublar e’tiboriga tushgan, lekin hali ham «Atalanta»da o‘ynamoqda. Nemis futbolchisi 2 ta ajoyib mavsumni o‘tkazdi, unda 17 ochko (9 + 8 va 11 + 6) to‘pladi. Hozirgi mavsumda Robin A Seriyaning oltita o‘yinida 1 ta gol urdi. Bergamoliklar transfer bozorida qanday ishlashni bilishadi va futbolchini arzonga sotmaydi. Ammo kataloniyaliklar uchun bu kelishuv muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. Gosens «Atalanta»da ajoyib besh yil o‘tkazgandan so‘ng, u top-klublarda o‘ynash uchun katta motivasiyaga ega bo‘ladi. Aytgancha, «ko‘k-anorranglilar» futbolchiga allaqachon qiziqish bildirgan. Ammo, moliyaviy sabablarga ko‘ra, bu transfer amalga oshishi kechikmoqda.

Aleksandr Grimaldo
Klub: Benfika
Yoshi: 26 yoshda
Transfer narxi: 22 million yevro



Grimaldo - «Barselona» tarbiyalanuvchisi. Aleks bolalik klubini 2016 yilning yozida tark etdi va o‘shandan buyon «Benfika»da o‘ynamoqda. O‘tgan mavsumda futbolchi 11 ochko to‘plagan (2 + 9). Hozirgi mavsumda himoyachi Portugaliya chempionatining 7 o‘yinida 1 gol va 2 golli uzatmani amalga oshirdi. Yaqinda Chempionlar ligasida «burgutlar»ga qarshi o‘yinda kataloniyaliklar o‘z tarbiyalanuvchisining o‘yinini o‘z ko‘zlari bilan guvoh bo‘lishlari mumkin edi. Grimaldo unchalik yosh emas, lekin bu yaxshi natijalarni ko‘rsatishga ta’sir qilmayapti. «Barselona» nega uni ortga qaytarishga harakat qilmaydi? Shubhasiz, ispaniyalikning o‘zi ham «Kamp Nou»ga qaytishdan bosh tortmagan bo‘lardi. «Benfika» o‘z o‘yinchilarini saqlab qolmaydi, lekin uni qanday sotishni biladi. «Burgutlar» bilan muzokaralar oson bo‘lmaydi, ammo yakuniy natija sarflangan kuch, vaqt va pulga arziydi.

Anxelinyo
Klub: «Leypsig»
Yoshi: 24 yoshda
Transfer narxi: 35 million yevro



Anxelinyo «Manchester Siti»da kam imkoniyatlarga ega edi, lekin «Leypsig»ga o‘tgach, uning o‘yinida ancha o‘sish bo‘ldi. Shundan so‘ng u doimiy ravishda «buqalar» safida o‘ynashni ma’qul ko‘rdi. O‘tgan mavsum Bundesligada himoyachi 8 ochko to‘pladi (4 + 4), joriy mavsumda bitta golli uzatma qayd etdi. OAVda «Barselona» futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Anxelinyo o‘z pozisiyasida ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Ispaniyalik futbolchining «Leypsig» bilan 2025 yil iyuniga qadar tuzilgan uzoq muddatli shartnomasi bor. Ammo, «buqalar» ham «Benfika» singari, futbolchilarini jamoada uzoq ushlab turmaydi.

Federiko Dimarko
Klub: «Inter»
Yoshi: 23 yoshda
Transfer narxi: 10 million yevro



Kataloniyaliklar e’tibor berishlari kerak bo‘lgan yana bir yosh himoyachi. Dimarko o‘tgan bir yarim mavsumni «Verona»da ijarada o‘tkazdi. Yarim mavsum davomida futbolchi A Seriyada 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Butun mavsum davomida himoyachi ushbu uchta golli uzatmaga yana 5 ta gol qo‘shdi. «Inter» o‘z tarbiyalanuvchisiga ishonch bildirmaydi. Hozirgi mavsumda italiyalik unchalik ko‘p maydonga tushmayapti. Federiko hali ancha yosh. U o‘z potensialini ochib berishga vaqt topadi. Dimarkoni top darajadagi futbolchi deb bo‘lmaydi, lekin ehtimol, «ko‘k-anorranglilar» safida o‘yini yaxshi tomonga o‘zgarishi mumkin.

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 10:19, 10.10.2021.
O'qildi: 5970 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.