«Borussiya» hujumchisi Erling Holandning Nike kompaniyasi bilan shartnomasi yakunlanmoqda. Tez orada futbolchi boshqa futbol uskunalari ishlab chiqaruvchi - Puma bilan shartnoma imzolaydi.
Britaniya matbuoti xabariga ko‘ra, «Manchester Siti» bu vaziyatdan foydalanmoqchi. Klub ularning texnik hamkori Holandning «shaharliklar»ga o‘tishiga hissa qo‘shishiga umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Erlingga asosiy da’vogar - «Real». Madrid klubidan tashqari «PSJ» ham norvegiyalikka qiziqish bildirgan.