Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Sulsherga e’tirozlar davom etadi. Klub to‘g‘ri yo‘ldami?

Sulsherga e’tirozlar davom etadi. Klub to‘g‘ri yo‘ldami?

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» klubi bir necha yillardan buyon chempionlikka intilib keladi. Buyuk, mashhur va sevimli klub, bunga shubha yo‘q, albatta. Ammo uning so‘nggi bir necha haftada namoyish etayotgan o‘yinlariga bunday ta’rif berish mushkul. Ole Gunar Sulsher qo‘l-ostida klub oxirgi yettita uchrashuvining to‘rttasida g‘alaba qozona olmadi. Ularning ichida Angliya liga kubogi ham bor edi va klub bu turnirni tark etdi. Xullas, bosh murabbiy katta bosimga duch kelmoqda. Uning o‘yin taktikasidan noluvchilar ko‘payib qoldi. Shulardan biri, «MYU»ning afsonaviy o‘yinchisi Pol Skoulzdir. U klubga «Liverpul» hamda «Siti» bilan kurashda agressiya yetishmayotganini ta’kidlaydi. Uning fikricha, jamoa futbolchilar tezkor va tajovuzkor o‘yin namoyish etishi kerak. Faqat mana shu yo‘l bilangina chempionlikka erishish mumkin. Hozirda «qizil iblislar» turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni band qilishgan va bu muxlislarga yoqmayapti. Bu haqda Skoulz «Webby» saytiga intervyu berar ekan, shunday fikrlar bildiradi:

«Jamoadan bir futbolchini ajratib ko‘rsatish kerak bo‘lsa, men Skott Maktominayni aytgan bo‘lardim. Menimcha, unda tayanchda o‘ynash uchun barcha narsa mavjud. U yaxshi jismoniy imkoniyatga ega. Maydonda vazifasini yaxshi bajaradi. O‘ylashimcha, Ole jamoada muvozanatni topishga qiynalmoqda. U jamoada aynan bir kishi atrofida o‘yin qurmagan. Bu yaxshidir. Lekin u doimo ikkita tayanch yarim himoyachisi bilan o‘ynaydi. Pogba esa himoyada yordam berishga unchalik ham oshiqmay qo‘ygan. Hujumda ham haminqadar. Mana shu narsalar «MYU»ga halaqit qiladi. Menimcha, «Liverpul»va »Man Siti« ularga qaraganda tajovuzkorroq o‘yin ko‘rsatadi. Bu klublar futbolchisining har birida hujum o‘yi mavjud. Agar «Siti»ni «Chelsi»ga qarshi mehmondagi bahsini kuzatgan bo‘lsangiz, Pep himoyaga ixtisoslashgan bittagina yarim himoyachi bilan o‘ynadi. Jamoaning qolgan olti yoki yettita futbolchisi hujum uchun oshiqdi. Mana bu futbolchilarning o‘yin mentalitetidagi farqlarni ko‘zga tashlantiradi.

Fikrimcha, Sulsher ham nisbatan hujumga asoslangan futbolga o‘tishi lozim. Jamoa ichida muvozanatni topa bilib, futbolchilarni ko‘proq hujumga yo‘naltirsa, bu yerda boshqa muammoning o‘zi qolmaydi. Tarkibga qarasangiz, Krishtianu kelishi bilan hujumni yaxshi ko‘radigan futbolchilar ko‘pligiga guvohi bo‘lasiz.


Himoyada ham aslida jamoaning ahvoli yomon emas. Bilaman, Maguayr so‘nggi paytlarda jarohati sabab o‘ynay olmadi. Ammo xalqaro tanaffuslardan keyin u qaytadi va himoya ham o‘ziga keladi. Ko‘rinib turibdiki, maydon markazida qoladigan bitta futbolchi hammasini muvozanatlay oladi. Buni tatbiq etgandan keyin, hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonaman».

Ole Gunar Sulsher «Manchester Yunayted»ni 2018 yilning dekabr oyida Joze Mourinyodan qabul qilib olgandi. U mana, qariyb uch yildan beri hali sovrin yuta olganicha yo‘q. Norvegiyalik yangi mavsumda buni bajarishi shart qilib qo‘yilgan. Hozirgi kabi holatlar kuzatilayotgani, jamoaga ortiqcha bosim yuklaydi, xolos. Shunday bo‘lsa ham biz voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz. «Qizil iblislar» keyingi bahsini 16 oktyabr kuni «Lester Siti» maydoniga safari bilan boshlaydi.

 

Jaloliddin ISMATOV tayyorladi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 17:50, 10.10.2021.
O'qildi: 3542 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.