Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Og‘ir atletika. Nomozov 3ta oltin medalga sazovor bo‘ldi

Og‘ir atletika. Nomozov 3ta oltin medalga sazovor bo‘ldi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, shu kunlarda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkazilmoqda.

Bugun o‘smirlar o‘rtasida -96 kg vazn toifasidagi sportchilar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

Dast ko‘tarish mashqida hamyurtimiz Qurbonmurod Nomozov o‘z ishtirokini muvaffaqiyatli yakunladi. U dastlabki imkoniyatida 148 kg toshni ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi urinishida esa 153 kgni o‘ziga bo‘ysundirgan bo‘lsa, so‘nggi urinishda 163 kg toshni o‘ziga bo‘ysundira olmadi. Shunga qaramay, Qurbonmurod Nomozov raqiblarini ortda qoldirgan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Qurbonmurod Nomozov siltab ko‘tarish mashqida ham sayyoramizdagi tengsiz sportchi ekanligini isbotladi. Qurbonmurod Nomozovning siltab ko‘tarish mashqida 189 kg toshni o‘ziga buysundirib, bu yo‘nalishda ham oltin medal egasiga aylandi.

Hamyurtimiz ikki kurash natijasiga ko‘ra 342 kg natija ko‘rsatib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shunday qilib sportchimiz terma jamoamiz hisobiga 3 ta oltin medalni taqdim etdi.

O‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati, erkaklar, 96 kg.

1. Qurbonmurod Nomozov (O‘zbekiston) — 153 + 189 = 342 kg.
2. Vekua Gurami (Gruziya) — 148 + 180 = 328 kg.
3. Muhammad Burun (Turkiya) — 147 + 179 = 326 kg.

Kiritildi: 21:57, 10.10.2021.
O'qildi: 3712 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.