Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Desham Millatlar Ligasi g‘olibi bo‘lganidan keyin o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi

Desham Millatlar Ligasi g‘olibi bo‘lganidan keyin o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Millatlar Ligasida g‘alaba qozonganidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘yinchilarimdan juda ham faxrlanaman va ular uchun xursandman. Ushbu musobaqadagi oxirgi ikki uchrashuvda hisobda ortda borayotgandik. Bugun gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin tezlik bilan hisobni tenglashtira oldik. Bu jamoda iste’doddan tashqari, ularning xarakteri va mentaliteti borligini bildiradi. Ular bilan juda ham faxrlanaman.

Sovrin xavf ostida qolgandi. O‘yinchilar raqobat qilishadi va men ham. Bu bosqichga qadar yetib kelish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik. Finalda ekansiz, unda g‘alaba qozonish doim yaxshi bo‘lib keladi. Ikkinchi bo‘limda biz ko‘proq tajovuzkor o‘ynadik va ularni xato qilishga majbur qildik.

Jamoada har bir pozisiya uchun raqobat mavjud. Teo Ernandes va Aureliyen Tzumani kabi ushbu musobaqada o‘ynagan futbolchilardan jamoa daraja jihatdan hech qanday og‘riqqa duch kelmadi.

O‘yin boshlanganidan 20 daqiqa o‘tib to‘xtab qoldik va Ispaniyaga qarshi bu ishni qilib bo‘lmaydi. Tizimimiz va unda qilinayotgan ishlar hali ham yaxshilanishga muhtoj.

Karim biz uchun muhim futbolchi va buni ushbu ikki o‘yinda isbotladi. Uning aniq sifatlari va g‘alabaga bo‘lgan irodasi mavjud. Bu boshqa o‘yinchilarga bera olish mumkin bo‘lgan jihat. U uchun xursandman. U faoliyati davomida 4 yoki undan ko‘proq musobaqalarda qatnasha olmaydi. Millatlar Ligasini yutishi biz uchun ham ahamiyatli edi.


Benzema Ispaniya termasi darvozasiga urgan goli haqida: Odatda bunday pozisiyalarda, zarbani kesib pastroqqa berishga intilaman. Shunday gol urganingizda doim omad sizga kulib boqqan bo‘ladi. To‘p oyog‘imga kelib tushgandayoq darvozaga borib tushishini bilgandim, ammo yuqori burchakdan o‘rin olishini emas.

Yarim himoyachi Pol Pogba ham g‘alabadan keyin o‘z hissiyotlari bilan bo‘lishdi: O‘yinni yomonroq boshladik va birinchi bo‘limda Ispaniya ustunlik qildi. Gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin, unga javob bera oldik. Biz yaxshiroq o‘ynashimiz kerak edi, ammo o‘yinni yutdik. Sovrinlarni qo‘lga kiritish har doim yaxshi va siz ularga doim o‘ch bo‘lasiz.


Eslatib o‘tamiz, Ispaniya va Fransiya jamoalari o‘rtasidagi Millatlar Ligasi final bahsida dastlab hisobni "qizil furiya" hujumchi Mikel Oyarsabal (64-daqiqa) ochgan edi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Karim Benzema o‘zining super goli evaziga hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning 80-daqiqasiga kelib Kilian Mbappe tomonidan kiritilgan gol fransiyaliklarga musobaqa bosh sovrinini olib keldi.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 14:07, 11.10.2021.
O'qildi: 2483 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.