Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Futzal. Bahodir Ahmedov Farg‘onada yosh futzalchilarga mahorat darsi o‘tkazdi

Futzal. Bahodir Ahmedov Farg‘onada yosh futzalchilarga mahorat darsi o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Shu kunlarda Farg‘onada futzal bo‘yicha Oliy liga 2021/22 mavsumi 1-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zPFLning yurtimizda futzal geografiyasini kengaytirish maqsadida Farg‘ona viloyati hokimligi bilan yaqindan ish olib borgani samarasi o‘laroq Farg‘ona shahridagi «Samo» sport majmuasi bugungi kunda bemalol milliy va xalqaro miqyosda futzal uchrashuvlarini qabul qilishga tayyor holatga keltirildi. Shu sababli futzal bo‘yicha mamlakat chempionati ilk tur uchrashuvlari ham Farg‘onada bo‘lib o‘tmoqda.

Oliy liga bahslarini muxlislar qatori Farg‘ona shahridagi 1-BO‘SM futzal tarbiyalanuvchilari ham katta ishtiyoq bilan kuzatib borishmoqda. O‘zPFL tashabbusi bilan futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «HUAXIN Jizzax» klubi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov bugun farg‘onalik yosh futzalchilar uchun mahorat darsi o‘tkazdi.

«Samo» arenasida Bahodir Ahmedov 2004 yilda tug‘ilgan yosh futzalchilar bilan birgalikda mashg‘ulotlar olib borib, ularga o‘yinning sir-asrorlari bilan bo‘lishdi. Tajribali mutaxassis ushbu yoshlarning kelajakda katta futzalchi bo‘lib yetishishi uchun o‘z maslahat va tavsiyalarini berdi. Qolaversa, BO‘SMda faoliyat olib borayotgan futzal murabbiylari ham milliy terma ustozidan kerakli tavsiyalarni olishdi.

«Avvalo Farg‘onada futzal bayrami tashkil etilayotganidan, buyerda mamlakat chempionati ancha yuqori darajada bo‘lib o‘tayotganidan, qolaversa endilikda Farg‘onada ham futzal bo‘yicha katta musobaqalar o‘tkazish imkoniyati yuzaga kelganidan juda ham xursandligimni aytib o‘tmoqchiman. Bugun yosh futzalchilar bilan mahorat darsi o‘tkazdik. Ularning harakatlarini ko‘rib juda ham quvondim. Meni eng xursand qilgan jihat – yosh futzalchilarga ham alohida e’tibor berilayotgani bo‘ldi. Shuningdek, farg‘onalik yosh murabbiylar bilan ham fikr-mulohaza almashdik. Yosh futzalchilarda ishtiyoq juda ham yuqori ekanini ko‘rdim. Kelajakda ulardan yetuk futzalchilar chiqishiga ishonaman», - deya o‘z fikrlarini bildirdi Bahodir Ahmedov.

Manba: ЎзПФЛ
Kiritildi: 16:19, 11.10.2021.
O'qildi: 2504 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик