Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gabriyel Agbonlahor "Nyukasl" yangi rahbariyatiga o‘z tarkibini kuchaytirishda maslahat berdi.
"Men aql bovar qilmas miqdorda pul to‘lash shart bo‘lmagan futbolchilarni tanlagan bo‘lardim. Masalan, Remsi. Aaron "Yuventus"da ko‘p o‘yin amaliyoti olmayotganiga qaramay, yaxshi futbolchi bo‘lib qolaveradi. Yana Koutinyoni ham sotib olsa bo‘ladi. "Barselona"da u kerakli darajada o‘ynay olmadi. Uni klubi har qanday pul evaziga qo‘yib yuboradi, chunki ularni "Liverpul"dan hali ham qarzi bor", - dedi Agbonlaxor.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni investisiya fondi "Nyukasl"ni 300 million yevroga sotib olishgan. Klubning avvalgi egasi tadbirkor Mayk Eshli edi.