Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Bugun O‘FA majlislar zalida O‘zbekiston ayollar futboli qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘FA majlislar zalida O‘zbekiston ayollar futboli qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Kun tartibiga ko‘ra, yig‘ilish avvalida tadbir ishtirokchilariga qo‘mitaning yangi raisi, uning o‘rinbosarlari va tarkibi tanishtirildi. Shundan keyin 2021 yilda ayollar futbolida amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi. Xotin-qizlarimiz o‘rtasida futbolni ommaviyligini oshirish, ushbu sport turi bilan shug‘ullanayotgan qizlarga zamonaviy imkoniyatlar asosida sharoitlar yaratib berish, ularni turli toifalardagi xalqaro musobaqalarga tayyorlash borasida suhbatlashildi.

Yig‘ilishda barcha jamoalarining oldiga aniq maqsadlar qo‘yildi. Xususan, Parijda o‘tkaziladigan 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlariga chiqish va keyingi Jahon chempionatlarida qatnashish, barcha yosh toifasidagi jamoalarning nufuzli xalqaro turnirlarda ishtirok etishini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

Bundan tashqari, U15, U17, U20 ayollar terma jamoasini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov ayollar futbolini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish borasida qo‘mita a’zolari va yig‘ilganlar bilan fikr almashdi. Ushbu yo‘nalishga malakali mutaxassislar, shifokorlar va sport psixologlarini jalb qilish orqali oldinda turgan OFK va FIFA musobaqalariga yangicha ruhda tayyorgarlik ko‘rish kerakligini ta’kidladi.

Keyingi yildan boshlab klublar oldiga ayollar futboli uchun qancha mablag‘ ajratilishini taqdim etish vazifasi yuklatilishi ma’lum qilindi. Futbolchilik faoliyatini yakunlagan ayollarga O‘FA qoshidagi futbol mutaxassislarini tayyorlash markazining 7 ta yo‘nalishlaridan birida o‘qish imkoni taqdim etiladi. Bundan tashqari, bir qator mutaxassislarni O‘FA hisobidan Pro-lisenziyaga o‘qitish taklifi ilgari surildi.

O‘z o‘rnida murabbiylar ham so‘z olib, sohadagi yechimini kutib turgan masalalarni muhokama qildilar. Tadbirda ishtirok etgan terma jamoa vakilalari bugungi kunda futbolchilar uchun yaratib berilayotgan sharoitlar avvalgidan katta farq qilayotgani, bu ayniqsa, o‘quv yig‘ini payti sezilganini ta’kidladilar. Jamoa sardori Saida Galimova buning uchun barcha futbolchilar nomidan O‘FAga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:50, 13.10.2021.
O'qildi: 1558 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик