Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya 0-2 O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

APL. 30:1! «Manchester Siti» «Byornli»ga qarshi oxirgi o‘yinlarda dahshatli ko‘rsatkich qayd etmoqda (prevyu)

APL. 30:1! «Manchester Siti» «Byornli»ga qarshi oxirgi o‘yinlarda dahshatli ko‘rsatkich qayd etmoqda (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun Pep Gvardiola jamoasi Shon Daych shogirdlariga qarshi APL 8-turida to‘qnash keladi.

Bilasizmi?

"Manchester Siti" Angliya futbolida bir jamoani 5 yoki undan ko‘p to‘p farqi bilan kema-ket besh uy uchrashuvida g‘alaba qozongan ilk jamoaga aylanishi mumkin.

Riyad Mahrez Premyer-Liga doirasida «Byornli» darvozasiga 8 ta to‘p kiritgan. Bu uning sevimli jamoasi hisoblanadi, sababi jazoirlik vinger APLda boshqa hech bir klub darvozasini bunchalik ko‘p ishg‘ol qilmagan. Ulardan yetti gol "Manchester Siti" bilan 5 o‘yinda kiritilgan. O‘tgan mavsum uning xet-trik qilganini ham ta’kidlash kerak.

«Byornli» bosh murabbiyi Shon Daych amaldagi APL chempionlari hisoblangan uchta klubga qarshi safar bahsida g‘alaba qozongan ikkinchi murabbiy bo‘lishi mumkin. Bunga qadar, u jamoasi bilan 2017/18 yilgi mavsum "Stemford Bridj"da «Chelsi»ni, o‘tgan mavsum «Enfild»da «Liverpul»ni mag‘lub etgandi. Ser Aleks Fergyuson esa o‘z davrida chempion bo‘lgan "Blekbern Rovers", «Arsenal» va "Manchester Siti"ni mag‘lub etib, bu borada ilk murabbiyga aylangandi.

«Byornli» barcha musobaqalarda "Manchester Siti"ga qarshi oxirgi 8 uchrashuvning hammasida imkoniyatni boy bergan. Umumiy hisob: 30-1.

 

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Martin Atkinson

Qanot hakamlari: Konstantin Hatzidakis, Piter Kirkap

Zaxira hakami: Maykl Salisburi

VAR: Andre Marriner

VAR yordamchisi: Mettyu Uilks

 

Taxminiy tarkiblar

Manchester Siti - Steffen, Uoker, Diash, Laport, Kanselu, Silva, Rodri, de Bryuyne, Mahrez, Foden, Grilish

Byornli - Poup, Louton, Tarkovski, Kollins, Piters, MakNil, Vestvud, Braunhill, Kornet, Vud, Vidra

Yo‘qotishlar

"Manchester Siti" safida Gabriyel Jezus va Ederson Braziiliya terma jamoasi safida harakat qilib kelganlari uchun jismoniy tomondan tayyor emas. Ferran Torres Millatlar Ligasi bahslarida jarohat olgani bois ishtirok eta olmaydi. Ilkay Gyundogan va Aleksandr Zinchenko jarohatdan keyin safga qaytishga yaqin.

«Byornli» safida Maksvel Kornet jarohatidan qaytgan bo‘lsa, Ben Mi koronavirus sababli maydonga tusha olmaydi. Yohan Gundmundsson va Charli Teylorning maydonga tushishi so‘roq ostida. Deyl Stefens esa hamon jarohatidan forig‘ bo‘lish harakatida yuribdi.

 

Raqamlar

"Manchester Siti" barcha musobaqalarda «Byornli»ga qarshi oxirgi 5 uy uchrashuvida kamida to‘rttadan gol kiritgan.

"Manchester Siti" barcha musobaqalarda «Byornli»ga qarshi so‘nggi 10 uy o‘yinida o‘rtacha 2,5 tadan ko‘p gol urilgan.

"Manchester Siti" barcha musobaqalarda «Byornli» bilan so‘nggi 8 bellashuvning yettitasida darvozasidan to‘p olib chiqmagan.

"Manchester Siti" APLning so‘nggi 4 o‘yinida gol o‘tkazib yubormadi.

"Manchester Siti" APLda 6 o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchramay kelmoqda.

«Byornli» Premyer-Ligadagi oxirgi 3 safar o‘yinida kamida ikkitadan gol o‘tkazib yubordi.

Jamoalar APLda o‘zaro 14 marta uchrashishgan. 10 o‘yinda «shaharliklar»ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa bir marta «Byornli» g‘alaba qozongan.

Ayni vaqtda 6 turdan keyin "Manchester Siti" 14 ochko bilan APL musobaqa jadvalida uchinchi, mehmonlar esa 3 ochko to‘plagan holda 18-o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugungi bahs Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 08:40, 16.10.2021.
O'qildi: 3308 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.