Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

APL. London derbisida mag‘lub bo‘lmagan klub bugun musobaqa peshqadamini qabul qiladi (prevyu))

APL. London derbisida mag‘lub bo‘lmagan klub bugun musobaqa peshqadamini qabul qiladi (prevyu))

Baho:
+ | -

Angliya chempionati 8-turi doirasida «Brentford» o‘z maydonida Tomas Tuxelning «Chelsi» jamoasini qabul qiladi.

Bilasizmi?

«Chelsi» Premyer-Ligada oxirgi 6 safar London derbisida g‘alaba qozongan va Angliya Futbol tarixida (top-4 jamoa) ketma-ket shunday o‘yinlarni yutgan birinchi klub bo‘lishi mumkin.

«Brentford» Premyer-Liga tarixida birinchi 3ta London derbisida mag‘lub bo‘lmagan ilk jamoa hisoblanadi. Ular "Vest Xem" va «Arsenal»ni taslim etib, "Kristal Pelas" bilan durang natija qayd etishgan.

«Chelsi»ning 12 nafar futbolchisi bu mavsum APLda gol urishga erishdi. Bu chempionatdagi istalgan jamoanikidan ko‘p. Faqatgina «Arsenal» klubi 2009/10 yilgi mavsumda dastlabki 7 turda ko‘proq futbolchi (13) o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

«Brentford» APL musobaqa jadvalida yetakchi bo‘lib turgan jamoalarga qarshi 9 marta to‘qnash kelgan va yettitasida g‘alaba qozongan (2 mag‘lubiyat). «Arilar»ning Angliya chempionati peshqadamlariga qarshi g‘alaba qozonish ko‘rsatkichi (78 foiz) Anlgiya yuqori divizioni tarixida istalgan klubning natijasidan yaxshi.

 

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Entoni Teylor

Qanot hakamlari: Geri Besvik, Adam Nunn

Zaxira hakami: Simon Huper

VAR: Pol Tirni

VAR yordamchisi: Shon Messi-Ellis

 

Taxminniy tarkiblar

Brentford - Rays, Pinnok, Yansson, AYEr, Anri, Oneka, Norgard, Yanelt, Kends, Toni, Mbeemo

Chelsi - Mendi, Aspilikueta, Kristensen, Chaloba, Jeyms, Kovachich, Jorjinyo, Chiluell, Maunt, Verner, Lukaku.

 

Jamoa xabarlari

«Brentford» safida Shandon Baptiste, Josh Dasilva va Mads Sorensen jarohatlari sababli maydonga tusha olishmaydi. G‘arbiy London derbisida AYEr va Yaneltga imkoniyat berilishi mumkin.

«Chelsi» tarkibida Ngolo Kante koronavirusdan tuzalib qaytdi va zaxiradan o‘yinni kuzatish ehtimoli mavjud. Tiago Silva Braziliya termasidagi o‘yini tufayli unga dam beriladi. Antonio Ryudiger ham mazkur bahsda qatnasha olmaydi. Kristian Pulishich hamon jarohatini tiklash bilan band.

 

Raqamlar

«Brentford» barcha musobaqalarda «Chelsi»ga qarshi oxirgi 3 o‘yinida 2,5 tadan ko‘p gol kiritilgan.

«Chelsi» APLda oxirgi 12 uchrashuvning 11 tasida mag‘lubiyatga uchramagan.

«Brentford» so‘nggi 3 o‘yinda kamida ikkitadan gol kiritgan (Premyer-Liga).

«Chelsi» barcha musobaqalarda «Brentford» bilan oxirgi 3 bahsda kamida ikkitadan gol urishga erishgan.

«Aristokratlar» 7 turdan keyin 16 ochko bilan birinchi, «Brentford» esa 12 ochko jamg‘argan holda APL jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.

Mazkur bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 09:28, 16.10.2021.
O'qildi: 2907 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.