Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

O‘FA prezidenti yig‘ilish o‘tkazdi

O‘FA prezidenti yig‘ilish o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Prezidenti Abdusalom Azizov bo‘limlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti rahbariyatga taqdim etildi va keyingi rejalar muhokama qilindi.

Terma jamoalar bo‘limiga yangi tayinlangan mutaxassis Usmon Toshev terma jamoalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar haqida to‘xtaldi. Assotsiatsiya rahbari hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyatini yanada kuchaytirish talabini qo‘ydi. Bolalar va o‘smirlar futbolidagi vaziyatlarni jiddiy tahlil etish, muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, turnirlar ishtirokchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish, seleksiya ishlarini yuqori darajaga olib chiqish borasida topshiriqlar berildi. Shuningdek, ayollar futboliga ham alohida to‘xtalib, yechimini kutib turgan masalalar yuzasidan takliflar bildirildi.

Yig‘ilish davomida futbol agentlari faoliyatini tartibga solish, 2022-yilda O‘zPFL musobaqalarini yuqori saviyada o‘tkazish, keyingi yilgi reglamentda klublarga qo‘yiladigan talablar, xususan, maydonlarni o‘yinlarga tayyorlash va tashkilotchilik yuzasidan tavsiyalar berildi.

Abdusalom Azizov har bir yo‘nalish bo‘yicha ishlarni tizimli va sifatli tashkil etish, o‘zbek futboliga nojo‘ya ta’sir qiluvchi holatlarni yo‘qqa chiqarish bo‘yicha qat’iy talablar qo‘ydi. Bo‘limlarning ish rejalari ko‘rib chiqilib, kerakli tavsiyalar berildi va aniq vazifalar belgilandi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 20:30, 16.10.2021.
O'qildi: 1599 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик