Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Baxtiyor Ashurmatov: "Durang adolatli natija bo‘ldi"

Baxtiyor Ashurmatov: "Durang adolatli natija bo‘ldi"

Baho:
+ | -

Coca Cola  superligasining 22-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida jamoamiz ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.
- Bugun juda jangovar o‘yin bo‘ldi. Har ikki jamoa ham shiddatli o‘yin ko‘rsatdi. Durang natija hech kimni qoniqtirmagani aniq. Raqibimiz Osiyo Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashmoqda. Biz esa o‘tgan yilgi natijamizni yanada yaxshilash uchun harakat qilyapmiz. Uchrashuv yakunlanishi arafasida Ivan Yosovich imkoniyatdan foydalana olganida bugun uch ochko egasiga aylanishimiz mumkin edi. Lekin durang adolatli natija bo‘ldi, deb o‘ylayman. Ulug‘bek Baqoyev jangovar o‘yin namoyish etishni yaxshi ko‘radi. “So‘g‘diyona”ning bugungi natijalarida uning hissasi katta. Jizzaxliklarga keyingi bahslarda omad tilab qolaman.
“So‘g‘diyona” standart vaziyatlardan samarali o‘ynashini bilgan holda tayyorgarlik ko‘rgandik. Bizning darvozamiz oldidagi xavfli vaziyatlar ham aynan standart vaziyatlar keyin sodir bo‘ldi. Raqiblarda bo‘ydor futbolchilar ko‘pligi bois, ikkinchi bo‘limda Akbarov va Meliyevlarni maydonga tushirdim. O‘yinga munosib tayyorgarlik ko‘rganimiz uchun Jizzaxdan bir ochko bilan qaytdik.
O‘tgan yili 5-o‘rinni egallagandik. Bu yil yaxshiroq natija qayd etishni maqsad qilgandik. Shu bois, hozir egallab turgan o‘rnimiz bizni ham rahbariyat va muxlislarimizni qoniqtirmasligi turgan gap. Turnir jadvalidagi o‘rnimizni yaxshilashimiz uchun qolgan bahslarda ham bugungidek jangovar o‘yin ko‘rsatishimiz kerak.
 Keyingi turlardagi O‘zbekistonni  kuchli jamoalari kutib turibdi. Birinchi va ikkinchi o‘rindagi jamoalardan to‘rt ochko oldik. Demak, qolgan o‘yinlarda ham g‘alaba qozonsa bo‘ladi.
Hakamlarga e’tirozim yo‘q. To‘g‘ri o‘yin davomida biroz ehtirozga berilgan bo‘lishimiz mumkin. Ammo VARning borligi e’tirozlarga o‘rin qoldirmadi.

Kiritildi: 21:47, 16.10.2021.
O'qildi: 1648 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.