Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Allegri "Zenit"ga qarshi o‘yindan oldin matbuot anjumanida qatnashdi

Allegri "Zenit"ga qarshi o‘yindan oldin matbuot anjumanida qatnashdi

Baho:
+ | -

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan "Zenit"ga qarshi o‘yindan avval matbuot anjumanida qatnashdi.

"Zenit" - yaxshi jamoa. Ular Londonda "Chelsi"ga qarshi yaxshi himoyaviy o‘yin ko‘rsatishgan. Biz uchun 3-tur - muhim bosqich. Bu o‘yin bizga pley-offga chiqish ehtimolini oshirish imkonini beradi. Keyingi bosqichga chiqish uchun Sankt-Peterburgda ochko to‘plashimiz kerak. Shunda biz guruhda eng yuqori pog‘onani egallab olamiz.

- De Ligt maydonga tushishga tayyormi?

- De Ligt to‘liq tiklandi, u maydonga tushadi. Aks holda, uning o‘rniga Rugani o‘ynagan bo‘lardi. Matteys to‘liq tiklangani uchun o‘zi o‘ynaydi. Aleks Sandro ham tuzalib ketdi. Shuningdek, De Shilyo "Roma" ga qarshi yaxshi o‘ynadi, agar u doimo asosiy tarkibda maydonga tushishni hoxlasa shunday o‘yin ko‘rsatishda davom etishi kerak.

- Artur maydonga tushadimi?

- Shensni, De Ligt va Bonuchchi aniq birinchi daqiqalarga ega bo‘ladi, qolgan futbolchilarni hozircha hal qilmadim. Arturga kelsak, u ayni vaqtda asosiy tarkibda o‘ynay olmaydi, ehtimol. Lekin hech bo‘lmaganda u bir taym o‘ynaydi.

- Morataning ahvoli qanday?

- Yaxshi. U 100 foiz tiklandi va uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashi mumkin", - dedi Allegri.

Manba: Sport-Express.ru
Kiritildi: 18:04, 19.10.2021.
O'qildi: 1302 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик