Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Depay "El-Klasiko"dan oldin o‘z fikrlarini bildirdi

Depay "El-Klasiko"dan oldin o‘z fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

 

"Barselona"ning niderlandiyalik hujumchisi Memfis Depay "Real Madrid"ga qarshi o‘yin oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bu o‘yin har doim kuzatiladigan o‘yin. Men bu lahzaning tezroq kelishini juda xohlayman. Bu juda yaxshi bo‘ladi, chunki muxlislar stadionga borib o‘yinni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Men hech qanday bosim sezmayapmayapman. Maydonga chiqqanimda baxtliman, ayniqsa "Kamp Nou"dagi o‘yinlarda. Maydonga chiqib, o‘zimni uydagidek his qilish - bu o‘zgacha tuyg‘u.

Men o‘zimni jamoaga ko‘proq narsani bera oladigandek his qilyapman, hozircha jamoaga olib kelgan narsalarimdan unchalik mamnun emasman. Men iloji boricha ko‘proq gol urishni va iloji boricha ko‘p golli uzatmalarni berishni xohlayman.

Men o‘zimni karyeramda eng yaxshi vaqtga yetgandek his qilyapman, lekin bundan keyin ham hammasini bundanda yaxshiroq qilishni xohlayman", - dedi Depay.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" - "Real Madrid" uchrashuvi 24 oktyabr Toshkent vaqti bilan 19:15 da boshlanadi.

Manba: BarcamaniaUz
Kiritildi: 08:04, 20.10.2021.
O'qildi: 3058 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик