Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Klopp va Alisson «Atletiko» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi

Klopp va Alisson «Atletiko» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Chempionlar Ligasi guruh bosqich 3-turi doirasidagi «Atletiko»ga qarshi bahsdan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Madridda o‘tgan bahsda mersisaydliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi va 9 ochko bilan guruhda yaqqol peshqadamga aylanib olishdi. Hisobida to‘rttadan ochkoga ega «Atletiko» va «Portu» keyingi o‘rinlarda borishmoqda. «Milan» 3 o‘yindan keyin birorta ochko to‘play olgani yo‘q.

"Ha, albatta. Umuman ajablanganim yo‘q. Ushbu ikki jamoa uchrashganida doim dramatik o‘yin guvohiga aylanamiz. Bu kafolatlangan degan bo‘lardim. Ikkala jamoada ham kurashga moyil to‘g‘ri qismlar mavjud. Men shuni aytishim mumkinki, insonning aqli uning eng katta dushmani. Biz vaziyatni butunlay tushuna olmadik O‘yinni noto‘g‘ri uslub bilan nazorat qilishga harakat qildik. 13 daqiqadan keyin «Atletiko» bilan o‘yinda 2:0 hisobida oldinda bora turib, vaziyat tizginini qo‘ldan chiqarib yubordik. Hisob tenglashdi: 2-2.

To‘g‘risi aytsam, o‘zimizga ishonib harakat qilmadik. Qiyinchiliklarimiz, muammolarimizni bilamiz, ammo ularni tez-tez inkor etishga harakat qilamiz. Bugun, ikki o‘ziga isjongan jamoalar o‘zaro to‘qnash kelishdi. Agar, men bilan Diyego Simyonening ishonchini o‘lchasangiz, aminmanki u yutgan bo‘lardi. Bugun haqiqiy jang bo‘ldi. Hech kim yaxshi jamoa bo‘lgani uchun g‘alaba qozona olmaydi. Buning imkoni yo‘q. Ikkala jamoa ham haqiqiy jangchilar. Bugun buni ko‘rdingiz. Yana ikki haftadan keyin buni yana guvohiga aylanasiz. Ularga qarshi o‘ynash juda og‘ir. Ammo, biz o‘z muxlislarimiz, stadionimizda, ajoyib atmosferada o‘ynaymiz va umid qilamanki, bundan foydalanamiz".

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Alisson Bekker ham o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

"Bu top o‘yinchilar, top jamoalar o‘ynashni istaydigan bahslardan biri bo‘ldi. Bu joyda o‘ynash doim og‘ir. Bu yerdan g‘alaba bilan qaytish, uch ochkoga ega bo‘lish biz uchun haqiqatan ham muhim edi.

Murabbiyimga ishonaman, u to‘g‘ri vaqtda kerakli so‘zlarni ayta oladi. U kiyim almashtirish xonasida bizni yana o‘yinga qaytara oldi va ikkinchi bo‘limda uchrashuvga bo‘lgan munosbatimiz biroz o‘zgardi.

2:0 hisobida oldinda bo‘lib, gol o‘tkazib yuborsangiz, qiyin bo‘lishini bilasiz. Bu yerga kelganimizda «Atletiko»ga qarshi o‘ynash oson bo‘lmasligini bilardik. Ushbu o‘yinni ko‘rgan barcha buni amalda ham guvohiga aylandi.

Uchinchi golni urganimiz va boshqa gol o‘tkazib yubormaganimizdan xursandman. Vaziyatlarni ko‘proq nazorat qildik, ammo maydonda bir kishi ko‘p bo‘la turib o‘ynaganda yaxshilash kerak bo‘lgan jihatlar bor. Ko‘proq vaziyatlar yaratishingiz shart, ammo 10 kishiga qarshi buni qilish oson emas. Uch ochko qo‘lga kiritganimizdan baxtiyormiz".

Manba: uefa.com
Kiritildi: 09:14, 20.10.2021.
O'qildi: 2987 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.