Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/06 19:30 Bunyodkor 0-3 Neftchi
02/06 00:00 Borussiya D 0-2 Real Madrid
02/06 19:00 Andijon - Paxtakor
02/06 19:30 Nasaf - Lokomotiv
02/06 21:00 Atalanta - Fiorentina

“Zalsburg” oltinlari. Ular jahon darajasidagi futbolchilarni tarbiyalab bermoqda

“Zalsburg” oltinlari. Ular jahon darajasidagi futbolchilarni tarbiyalab bermoqda

Baho:
+ | -

 

Kecha Yevropa ligasi doirasidagi “Spartak” va “Lester” qarama-qarshiligida, Patson Daka nimalar qilganini ko‘rdingiz. Zambiyalik futbolchi 4 ta to‘p kiritib ingliz klubi uchun kerakli g‘alabani keltirdi. Qiziqarli jihati shundaki “tulkilar” xujumchini yaqindagina “Red Bull Zalsburg” jamoasidan xarid qilgan edi. Quyida biz sizlar bilan avstriyaliklar tarkibida o‘ynab hozirda yulduzlar safida tilga olinadigan futbolchilar haqida so‘z yuritamiz.

5. Patson Daka (“Lester”)

Zambiyalik xujumchi butunlay zalsburgliklardan minnatdor bo‘lsa kerak. Klub agentlari Dakani 2-diviziondan topib kelgan va jamoada asosiy tarkibdan joy bergan. Xavbek klub tarkibida ko‘p mavsum o‘tkazmagan. 18 yoshida “qizil buqa” safida paydo bo‘lgan yigitcha 4 mavsum Avstriya futboli yetakchilari sharafini himoya qilgan. U shu to‘rt yil ichida umumiy 125 bor maydonga tushib, 68 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilishga erishgan. Xujumchi uchun juda yaxshi ko‘rsatkich. Ammo “Zalsburg” tarkibida Dakadan ham daxshatliroq yana bir xujumchi bor yedi va u haqida quyiroqda gapiramiz.

4. Nabi Keyta (“Liverpul”)

Avstriya klubining agentari juda yaxshi ishlaydi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zalsburgliklar Keytani Fransiyaning quyi divizioni vakili hisoblangan “Istres” jamoasi tarkibidan topib kelishgan. Qiziq jihati shundaki, jamoa haqida internetda juda kam ma’lumot bor. Menimcha, Keyta yulduz bo‘lmagancha bu klub haqida hech kimda tushuncha ham bo‘lmagan bo‘lsa kerak. “Red Bull Zalsburg” tarkibida 2 mavsum o‘ynagan gvineyalik yigitcha 81 uchrashuvda maydonga tushgan va 20 bor raqib darvozasiga yo‘l topgan.  Markaziy yarim himoyachi uchun ajoyib ko‘rsatkich. Keyinchalik Keyta boshqa bir “qizil buqa” laqabini olgan Germaniyadagi jamoa tarkibiga borib qo‘shilgan. Umuman olganda ikki “Red Bull”ning ham egasi bitta kishi. 

3. Dayo Upamekano (“Bavariya”)

“Bavariya”ning yana bir o‘tib bo‘lmas futbolchisi Upamekano ham vaqtida zalsburgliklar sharafini himoya qilgan. Dayo ham Daka ham professional faoliyatini bitta klub safida boshlashgan va u klubdan darxol “Zalsburg” agentlari kuzatuviga tushishgan. Upamekano “Zalsburg” tarkibida yarim mavsum harakat qilgan va keyinchalik Germaniyadagi jamoaga ko‘chib o‘tgan. “Leypsig”dan so‘ng hozir u “Bavariya”da. Menimcha, Dayo yetuk himoyachiga aylanib ulgurdi.

2. Sadio Mane (“Liverpul”)

Faoliyatini Fransiyaning “Mets” jamoasida boshlagan futbolchi avvaliga yaxshi o‘yin ko‘rsata olmagan. Ilk mavsumida 22 o‘yinda bor yo‘gi 2 gol kiritgan. Shundan so‘ng senegallik futbolchiga “Zalsburg” qiziqish bildirdi va o‘z jamoasiga olib keldi. Avstriyadagi ikki mavsumda futbolchi juda yaxshi o‘yinlar o‘tkazdi. Umumiy 87 uchrashuvda maydonga tushib, 45 bor raqib darvozasiga to‘p kiritgan futbolchi 2014 yil Angliyaning “Sautgempton” jamoasi tarkibiga borib qo‘shilgan. Xozirda Sadio “Liverpul” sharfini himoya qilmoqda. Uning o‘yinlariga tan bermagan muxlis topilishi qiyin.

1.  Erling Xolland (“Borussiya Dortmund”)

Albatta bu hozirgi kundagi dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri. Xolland faoliyatini “Brene” jamoasida boshlagan, keyinchalik futbolchi “Molde”da o‘z omadini sinagan. Ammo, bu ikki klub futbolchini olamga mashhur qila olmas edi. 2019-2020 yilgi mavsumda “Zalsburg” tarkibida paydo bo‘lgan yigitcha bu jamoada ko‘p o‘yin o‘tkazmagan. Lekin aynan zalsburgliklar uni katta futbolga tanitib bergan. Umumiy Avstriya klubida 27 uchrashuvda maydonga tushgan norvegiyalik 29 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Xozirda “Borussiya Dortmund” safida yigitcha 69 uchrashuvda 70 bor to‘p kiritishga erishgan. Shunchaki ajoyib ko‘rsatkich.

Hali bu hammasi emas, zalsburgliklarning hozirgi tarkibida Karim Adeyemi ismli futbolchiga ham bir nechta grandlar qiziqish bildirmoqda. Yaqin kelajakda hali bu ro‘yxatga yana bir nechta futbolchilarni qo‘shsak kerak.

 

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:46, 21.10.2021.
O'qildi: 3429 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.