Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Jasur Abduraimov: «Metallurg»ga omad tilayman!»

Jasur Abduraimov: «Metallurg»ga omad tilayman!»

Baho:
+ | -

“Metallurg” PFK bosh murabbiyligidan iste’fo bergan Jasur Abduraimov klub matbuot xizmati bilan bog‘lanib, dil so‘zlarini izhor etdi:

“Metallurg” jamoasida o‘tgan kunlarim men uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi. Klub rahbariyati, futbolchilari, xodimlari bilan yetti oy davomida yelkama yelka, bahamjihatlikda mehnat qildik. Bekobodda o‘tgan kunlarim xotiramda bir umrga muhrlanib qolishiga shubham yo‘q. Jamoa bilan bir qator uchrashuvlarda g‘alaba nashidasi surdik. Kuchli raqiblar bilan tengma teng kurashdik, aksariyat jamoalardan ochko tortib oldik. Eng asosiysi muxlislarga yoqadigan – hujumkor, kombinasion futbol namoyish etishga harakat qildik.

“Metallurg” bilan barcha o‘ylagan rejalarimizni amalga oshira oldik, deya olmayman. Qayerdadir omadimiz chopmadi, qayerdadir jarohatlar, tarkibdagi yo‘qotishlar pand berdi. Yana qaysidir o‘yinlar uchun ishlab chiqqan taktikamiz samara bermadi. Ammo shuni ishonch bilan ayta olamanki, “Andijon”, “Qo‘qon 1912”, “Lokomotiv”, “Nasaf” singari jamoalarga qarshi o‘yinlarimiz muxlislarimizga manzur bo‘ldi.

So‘nggi paytlarda salomatligim bilan bog‘liq muammolar tufayli to‘liq kuch bilan ishlay olmadim. Buning uchun “Metallurg” PFK muxlislaridan uzr so‘rayman. Inson uchun salomatlik birinchi navbatda zarur. Shu sabab ham klub rahbariyatidan iste’fo berishlarini so‘radim. Fursatdan foydalanib, menga “Metallurg” PFK boshqaruvida faoliyat yuritishimda barcha zarur shart sharoitlarni yaratib bergan muassislarimiz – O‘zbekiston metallurgiya kombinati rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Klub rahbariyatiga, futbolchilariga mavsumning hal qiluvchi – so‘nggi to‘rtta tur uchrashuvlarida omad yor bo‘lishini tilab qolaman. “Metallurg” Superliganing o‘ziga xos o‘yin uslubiga ega, salohiyatli jamoalaridan biri. Ishonamanki, yigitlar qolgan o‘yinlarda o‘zlarining bor kuch va mahoratlarini ishga solishadi va jamoa kuchlilar safidagi mavqeini saqlab qoladi. Garchi klubdan ketgan bo‘lsam-da, men fikran sizlar bilan birgaman yigitlar! Bo‘sh kelmang, omad sizlarga yor bo‘lsin", - deydi Jasur Abduraimov.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 15:15, 21.10.2021.
O'qildi: 2379 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.