Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/01 00:45 Torino 2-0 Kalyari
25/01 01:00 Las-Palmas 1-1 Osasuna
25/01 18:00 Malyorka - Betis
25/01 19:00 Komo - Atalanta
25/01 20:00 Brayton - Everton
25/01 20:00 Bornmut - Nottingem Forest
25/01 20:00 Liverpul - Ipsvich
25/01 20:00 Vulverhempton - Arsenal
25/01 20:00 Sautgempton - Nyukasl
25/01 20:15 Atletiko - Vilyarreal
25/01 22:00 Napoli - Yuventus
25/01 22:30 Sevilya - Espanyol
25/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi
26/01 00:45 Empoli - Bolonya
26/01 01:00 Valyadolid - Real Madrid
26/01 16:30 Milan - Parma
26/01 18:00 Rayo Valyekano - Jirona
26/01 19:00 Kristal Pelas - Brentford
26/01 19:00 Tottenhem - Lester
26/01 19:00 Udineze - Roma
26/01 20:15 Real Sosyedad - Xetafe
26/01 21:30 Aston Villa - Vest Xem
26/01 22:00 Lechche - Inter
26/01 22:30 Atletik Bilbao - Leganes
27/01 00:00 Fulhem - Man. Yunayted

«Manchester Yunayted» afsonasi «Liverpul» bilan bo‘lajak o‘yin haqida nimalar dedi? (intervyu)

«Manchester Yunayted» afsonasi «Liverpul» bilan bo‘lajak o‘yin haqida nimalar dedi? (intervyu)

Baho:
+ | -

Kecha Chempionlar ligasi bahslarining navbatdagi tur uyinlari uz nihoyasiga yetdi. Unda eng qiziqarli va dramatik kechgan uchrashuvlardan biri – bu «MYU» va «Atalanta» qarama-qarshiligi. Ko‘plarni qo‘rqitgan va hayratga solgan uchrashuv so‘nggi juda ham qizg‘in kechdi. Natija esa mezbonlar, «qizil iblislar» foydasiga hal bo‘ldi. Ularning keyingi o‘yini APL doirasida «Liverpul»ga qarshi kechadi. Aynan mana shu mavzuda «MYU»ning sobiq futbolchisi, afsonaviy Pol Skoulz o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Quyida bu haqda bilib olasiz.

Mankunyanliklar o‘z tarixida yana bir yorqin kambekni qayd etdi. Bu «Old Trafford»da Italiyaning «Atalanta»siga qarshi erishilgan g‘alaba edi. Dastlabki bo‘limda 0-2 hisobida ortda qolayotgan mezbonlar yakunda g‘alabani sug‘irib olishdi. Shuningdek, bu o‘yin Sulsher qo‘l-ostidagi jamoaning eng yomon o‘tkazgan birinchi taymlaridan biri bo‘ldi. Ikkinchi taym esa mutlaqo o‘zgacha kechdi. Jamoa kambekka erishdi. Shunga qaramay, sobiq «qizil iblis», Skoulz kelayotgan turda «orzular teatri»da kechadigan «Liverpul»ga qarshi o‘yinda, jamoaga buni yana qaytarish imkoniyati berilmasligini ta’kidladi. Hozirda «BT Sport» telekanali mutaxassisi bu haqda shunday deydi:

«Birinchi bo‘limda men o‘yin tezroq tugab, tanaffus bo‘lishini asabiylik bilan kuta boshlagandim. Taym xavotir, ishonchsizlik va nobirdamlikka to‘la edi. Jamoa go‘yoki o‘zida emasdek harakat qildi. Ayniqsa, bu narsalar to‘rtta himoyachi va ikkita tayanchdagilarda yanada ko‘proq ko‘zga tashlandi. Ha, ular keyinchalik ikkinchi taymda o‘zgarishdi. Hatto, Maguayr gol urdi. Lekin, nima deb o‘ylaysiz, bu jamoa «Liverpul» yoki «Manchester Siti»ga qarshi shunday o‘ynay oladimi? Menimcha, ular buni million yilda ham eplay olishmasa kerak. «MYU»da ikkita yarim himoyachi o‘yin davomida o‘zi bilganicha harakat qildi. Shu sabab raqiblarga ko‘p imkoniyatlarni boy berishdi. Tartibli va sifatli himoyaga qarshi esa, bu o‘yin bilan borib bo‘lmaydi, yutib bo‘lmaydi. Tasavvur qiling, jamoa o‘z uyida Yurgen Klopp armiyasiga qarshi mana shu zaylda chiqsa-a?! Nima nima bo‘ladi? Javobini o‘zingiz yaxshi bilasiz. Masalan, Klopp jamoasi Sulsherniki kabi darvozabonga ko‘p ham suyanib qolmagan. Ularning shakllangan va hujumkor jamoasi bor. Men vahima qilmoqchi emasman. Ammo «Atalanta»ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limi men uchun haqiqiy daxshatning o‘zginasi edi».

Skoulz so‘zida davom etar ekan: «Jamoada «Liverpul»ga qarshi 4-2-4 sxemasida o‘ynash imkoni yo‘q. Agar mag‘lubiyat istamasa, Sulsher taktik qarashlarini o‘zgartirishi va raqibga moslashish kerak. Fred va Maktominay bo‘ladimi yoki boshqasimi, buni farqi yo‘q. Istalgan o‘yinda yarim himoyachilarni «Atalanta» bilan uchrashuvdagi kabi harakat qilishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Hujumchilarniku, gapirmasa ham bo‘ladi. Ular ham aslida himoya uchun jon kuydirishlari shart. Agar «MYU» ««Siti» yoki «Liverpul»ga qarshi ham mana shu zaylda o‘ynasa, haqiqiy fojeani tomosha qilasiz. Shaxsan men bunday bo‘lmaydi deb umid qilaman», – deydi.
Qozonilgan g‘alabadan keyin Sulsher o‘z shogirdlarini birinchi taymda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatganini ta’kidladi. U bu haqda shunday degandi: «Biz birinchi bo‘limda yetarlicha yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Ikkita gol esa, ikkita berilgan imkoniyat sabab yuz beridi. Ular bunda kutilmagan paytda birinchi golni, standart vaziyatdan esa ikkinchisini hosil qilishdi. Shunga qaramay, biz ishonchni so‘ndirmay, harakatda bo‘ldik».

Ha, Skoulzning gapida jon bor. Agarda Kloppga qarshi nimagadir erishish kerak bo‘lsa, haqiqatdan ham Sulsher jamoani raqibga moslashtirishi lozim. Aks holda, yana «Save Ole» hashtegi ostida xabarlar tarqalishi, hech gap emas.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 20:24, 21.10.2021.
O'qildi: 3782 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.