Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

APL. «Arsenal» oxirgi uch uchrashuvda "Aston Villa"ga mag‘lub bo‘lgan (prevyu)

APL. «Arsenal» oxirgi uch uchrashuvda "Aston Villa"ga mag‘lub bo‘lgan (prevyu)

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-Ligasi 9-tur doirasida «Arsenal» o‘z maydonida «Arsenal»ni qabul qiladi.

Bilasizmi?

«Arsenal» hujumchisi Per-Emerik Obameyang «Emireyts» stadionidagi oxirgi 3 APL o‘yinining hammasida gol urishga erishgan. Uning ushbu stadionda kiritgan Premyer-Ligadagi gollari soni 42 tani tashkil etadi. Bu borada faqatgina Robin van Persi (46 gol) oldinda.

APL doirasidagi «Arsenal» va "Aston Villa" jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan oxirgi o‘yinning har birida kamoda uchtadan gol kiritilgan. Bu borada faqatgina "Manchester Siti" - «Nyukasl» uchrashuvida bundan ham ko‘proq (11 o‘yin) seriya qayd etilgan.

"Aston Villa" «Arsenal»ga qarshi oxirgi 3 APL o‘yinida g‘alabaga erishgan. Jamoa bu natijaga oldin 36 uchrashuvda erishgandi (3 g‘alaba, 9 durang, 24 mag‘lubiyat). Ular oxirgi marta «to‘pchilar»ni ketma-ket 4 o‘yinda mag‘lubiyatga uchratishgan davri 1962 yilning sentyabr oyiga to‘g‘ri keladi.

Olli Uotkins o‘tgan mavsum APLda «Villa»ning «Arsenal» darvozasiga kiritgan 4ta goldan uchtasini kiritgan. Buning uchun hujumchi darvozaga 5 marta aniq zarba yo‘llagan.

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Kreyg Pouson

Qanot hakamlari: Richar Vest, Den Robatan

Zaxira hakami: Maykl Seliburi

VAR: Maykl Oliver

VAR yordamchisi: Piter Kirkap

 

Taxminiy tarkiblar

Arsenal - Remzdeyl, Tirni, Magalyayesh, Uayt, Tomiyasu, Parti, Lokonga, Edegor, Rou, Obameyang, Lyakazett

Aston Villa - Martines, Kongsa, Tuanzebe, Mings, Kesh, MakGinn, Luiz, Target, Buendia, Uotkins, Ings.

 

Yo‘qotishlar

«Arsenal» tarkibida Granit Jaka va Bukayo Saka jarohatidan tiklanish bilan band. Tirnida ham jarohat bor, ammo u maydonga tushishi mumkin.

Mehmonlar safida Trezege jarohat olga. Leon Beyli hamda Keynan Deyvisning maydonga tushishi so‘roq ostida.

Raqamlar

"Aston Villa" barcha musobaqalarda «Arsenal»ga qarshi oxirgi 3 o‘yinda birorta gol o‘tkazib yubormagan.

"Aston Villa" barcha musobaqalarda «Arsenal»ga qarshi so‘nggi 3 bahsda ham birinchi bo‘lim, ham to‘liq o‘yinda g‘alaba qozongan.

«Arsenal» APL doirasida oxirgi 5 uchrashuvdan beri mag‘lubiyatga uchramay kelmoqda.

Tomonlar Premyer Ligada o‘zaro 52 marta uchrashishgan. 27 marta «Arsenal», 11 marotaba "Aston Villa" g‘alaba qozongan. 14 uchrashuvda durang qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs bugun Toshkent vaqti bilan 23:59da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 09:37, 22.10.2021.
O'qildi: 1765 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.