Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya - Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston - Yaponiya

"Inter" ikki nafar yetakchisi bilan shartnomani uzaytirish arafasida

"Inter" ikki nafar yetakchisi bilan shartnomani uzaytirish arafasida

Baho:
+ | -

Milanliklar bir necha kun ichida bu haqida e’lon qiladi.

Italiyaning "Sky Italia" nashri tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, Italiyaning o‘tgan mavsum chempioni "Inter" tarkibidagi asosiy yulduzlarni saqlab qolmoqchi. Gap italiyalik Nikolo Barella va argentinalik Lautaro Martinez haqida ketmoqda. Klub ikki futbolchi bilan ham shartnoma shartlarini kelishib olgan, faqat rasmiy e’lon qolmoqda. Shuningdek, xorvatiyalik yarim himoyachi Marselo Brozovich bilan ham muzokaralar davom etmoqda, bu ish uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Lautaro bu mavsumda "neradzurrilar" tarkibida 7 o‘yinda maydonga tushib, 5 gol urgan. Barella esa 8ta o‘yinda 1 gol, 5 golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: Sky Italia
Kiritildi: 18:18, 22.10.2021.
O'qildi: 1610 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик