Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

"MYU" va "Liverpul" futbolchilari o‘rtasida ramziy terma jamoa tuzib chiqildi. Ko‘rishni istaysizmi?

"MYU" va "Liverpul" futbolchilari o‘rtasida ramziy terma jamoa tuzib chiqildi. Ko‘rishni istaysizmi?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" klubi yakshanba kuni o‘z maydonida "Liverpul"ni qabul qiladi. Ushbu bahs mezbonlar foydasiga hal bo‘lsa, Sulsherda turnir jadvalida Kloppdan bir pog‘ona oldinga o‘tib olish imkoni paydo bo‘ladi. Ammo mersisaydliklar mavsumni kuchli start bilan boshladi. Sakkizta tur o‘tgan bo‘lsa, hali hech birida "Liverpul"ning mag‘lubiyatiga guvoh bo‘lganimiz yo‘q. Klopp shogirdlari chorashanba kuni hatto Ispaniya chempioni "Atletiko"ni safarda mag‘lub etib qaytishdi. Shunga qaramay, bu ikki gigant o‘rtasida bo‘ladigan bahsda hamma narsa yuz berishi mumkin. Ushbu raqiblar ko‘p yillar mobaynida muxlislarga haqiqiy klassik futbol namoyish etib kelishmoqda. Natijada, ingliz futboli eng yaxshi futbolchilar bilan bezaldi. Hozir esa har ikki klub tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan bitta jamoa yaratishga harakat qilamiz.

Darvozada: Peter Shmeyxel

Beshta APL tituli aynan mana shu daniyalik darvozabon nomi bilan bog‘liq. U 1993 yilda Angliya chempionati Premyer-liga deb atala boshlagan payt ilk sovrinni qo‘lga kiritishda "MYU"ning asosiy o‘yinchisi edi. Qolaversa u, 1999 yildagi trebl qayd etgan Fergyuson jamoasida beqiyos o‘ringa ega bo‘lgan. Umuman olganda, "Liverpul" posboni Allison ham yomon variant emasdi. Biroq unga Shmeyxel darajasiga yetishiga hali bor. Bunda Edvin van der Sarni ham aytish kerak. U ham yaxshi. Ammo Shmeyxelchalik emas.

Markaziy himoyada: Rio Ferdinand va Nemanya Vidich

Ushbu juftlik balki butun APL davridagi yaxshilaridan biri bo‘lgandir. Markaziy mudofaada ushbu ikkovlon 2007 va 2009 yillarda qatorasiga uch marta Angliya chempionligiga erishishda haqiqiy qalqon bo‘lgan edi. Ular, shuningdek, 2008 yilda YECHL bosh sovrinini qo‘lga kiritishda ham ishtirok etgan. Ammo bu safga Virjil van Deykni ham qo‘shish kerak deguvchi "Liverpul" muxlislari ham bor. Negaki, bir paytlar mersisaydliklar hujumchisi Fernando Torres Vidichni rosa qiynagan va xatolar qilishga majbur etgan(ekan). Balki muxlislar shu narsani asos qilib ko‘rsatar. Ammo baribir natija va performens borasida "MYU" himoyachilari hali qadrliroq.

Qanot himoyachilari: Gari Nevill hamda Patris Evra

Nevillni biz bugun "Sky Sports"da faoliyat yuritayotganidan xabarimiz bor. Ammo futbolchi sifatida uni ramziy terma jamoamizga tanlamasdan ilojimiz yo‘q. Negaki, u 602 marta "MYU" uchun maydonga tushib, 8 ta APL titulini, 3 ta mamlakat kubogini va 2 ta YECHL bosh sovrini qo‘lga kiritgan. Bizningcha, mana sovrinlarning o‘zi, uning ta’rifi uchun yetarli bo‘ladi. Harxolda, top futbolchi bo‘lmay turib, bunday shon-sharafga erishish imkonsiz ish. Liverpullik Aleksandr-Arnold Nevill uchun raqobat qilishi mumkindir. Ammo kelajakda. Hozir esa Nevill chindan ham tengsiz. Evra haqida gapriganimizda ham shunga o‘xshash fikrlar yangraydi. Uni jamoa 2006 yilda "Monako"dan xarid qilgan edi. "MYU"da chap qanot muammo bo‘lib turgan bir paytda, Evra kelib, hammasini joyiga tushirdi. U o‘z barqaror o‘yinlari bilan hammada hayrat uyg‘ota olgandi.

Yarim himoya: Roy Kin, Pol Skoulz hamda Stiven Jerrard

Bu uchlik o‘zlaridan qolgan nom va shuhrat orqali tanlanadi. Ularning bari o‘z klublari uchun afsona. Qolaversa, bu trio xalqaro sovrinlar yutishda ham ancha ilg‘or bo‘lgan. Xususan, Kin va Jerarrd shubhasiz yaqin tarixda o‘z jamoalarining eng yaxshi sardorlari bo‘lgan. Skoulzning esa, yorqin o‘yinlari sabab, istalgan davrda uning nomi faxriy futbolchilar tomonidan ramziy ro‘yxatlarga kiritilgan.


Hujumda: Muhammad Saloh, Krishtianu Ronaldu hamda Luis Suares

Jamoaning hujum chizig‘iga kelganda hamma narsa murakkablashadi. Negaki, tarixda aynan hujum chizig‘ida har ikki klub safida ko‘plab yulduz futbolchilar harakat qilishgan. Biroq Ronaldu va Saloh bu borada eng yaxshilari. APLda ulardan yorqinroq porlagan yulduzni hali tarix ko‘rmagan. Ularning hali-hamon urayotgan gollari gapimizning isboti bo‘la oladi. Xususan, Saloh bir mavsumda eng ko‘p gol urish borasida APL rekordchisi hisoblanadi. U hatto hozir ham mavsum boshlangandan beri barcha musobaqalarda 12 ta gol urib(11 ta o‘yinda), yetakchi bo‘lib turibdi.

Yana biri esa "MYU" uchun har qanday gol urishni eplay oladigan Ronaldu. CR7 "Old Trafford"ga qaytganidan beri YECHLning jamoa uchun juda muhim bahslarida hal qiluvchi gollar urdi. Unda hozirga kelib, 8 ta o‘yinda 6 ta gol mavjud.
Luis Suares hujum chizig‘imizning uchinchi o‘rnini to‘ldiradi. U "Liverpul"ning haqiqiy "yirtqich maxluqi" edi. Uning mavsum davomida 33 ta o‘yinda 31 ta gol urgani tahsinga sazovar jihatlardan biridir. To‘g‘ri, uning faqat Angliyada ko‘rsatgan o‘yinlarigina bu jamoaga kirish uchun yetarli bo‘lmas. Ammo Suares Ispaniyada ham nimalarga qodirligini isbotlab kelmoqda. Nimani nazarda tutganimizni yaxshi angladingiz! Mana shu nuqtayi nazardan Suares ramziy terma jamoamizga Fauler, Oven, Runi, van Persi hamda Kantona kabi variantlarga ko‘z yumib, tanlab olindi.


Umid qilamizki, biz tuzgan ramziy futbol jamoasi sizga yoqdi. Agarda bu borada sizda o‘z qarashlaringiz bo‘lsa, "izohlar" bo‘limiga shaxsiy variantingizni yozib qoldirishingiz mumkin...

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 21:05, 22.10.2021.
O'qildi: 6812 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.