Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

APL. "Manchester Siti" o‘tgan mavsumdagi alamli mag‘lubiyat uchun bugun o‘ch olishi mumkin (prevyu)

APL. "Manchester Siti" o‘tgan mavsumdagi alamli mag‘lubiyat uchun bugun o‘ch olishi mumkin (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun APL 9-tur doirasida «Brayton» o‘z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qiladi.

Bilasizmi?

"Manchester Siti" a’zosi Kevin de Bryuyne 2020 yilning sentyabr oyidan beri ilk bor APLning ketma-ket uchrashuvlarida gol urishga erishdi. Faqatgina bir marta belgiyalik musobaqaning qatorasiga uch o‘yinida gol urgan. Bu 2015 yilning sentyabr-oktyabr oylarida kuzatilgan.

"Manchester Siti"ga qarshi ilk 7 APL o‘yinida (to‘plar nisbati: 21-2) mag‘lubiyatga uchragan «Brayton», may oyida o‘tkazilgan oxirgi uchrashuvda 0:2 hisobida ortda bora turib, vaziyatni o‘z foydasiga hal qilishni uddalagandi — 3:2.

Shundan ko‘rinib turibdiki, «Brayton» "Manchester Siti"ga qarshi so‘nggi bahsda oldingi 8 uchrashuvda kiritgan gollari soni (2) dan ko‘proq gol (3) urishga erishgan.

«Siti» APL doirasida «Brayton»ga jami 22 o‘yindan to‘rttasida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsada, lekin ketma-ket ikki o‘yinda yutqazmagan (14 g‘alaba, 4 durang, 4 mag‘lubiyat).

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Kevin Frend

Qanot hakamlari: Adrian Xolms, Simon Long

Zaxira hakami: Simon Huper

VAR: Pol Tirni

VAR yordamchisi: Konstantin Hatzidakis

 

Taxminiy tarkiblar

Brayton - Sanches, Burn, Dank, Daffi, Kukurelya, Lallana, Bissuma, Grou, Veltman, Mope, Trossard

Manchester Siti - Ederson, Kanselu, Diash, Laporte, Zinchenko, Rodri, de Bryuyne, Bernardu, Foden, Grilish, Jezus.

 

Jamoa xabarlari

«Brayton» safida Denni Uelbek, Adam Vebster, Stiven Alzatening barchasida jarohat bor va ularning maydonga tushishi so‘roq ostida. Tariq Lempti "Manchester Siti"ga qarshi asosiy tarkibda boshlashi syurpriz bo‘lishi mumkin.

Pep Gvardiola jamoasida Ferran Torres jarohat olgan bo‘lsa, Benjamin Mendi anchadan beri tarkibdan tushib qolmoqda. Foden va Sterling ispaniyalik hujumchining o‘rnini to‘ldirishi mumkin. Gyundogan, Zinchenko, Ake, Stouns kabi futbolchilar ham boshlang‘ich tarkibda tushish ehtimoli yo‘q emas.

Raqamlar

«Brayton» APL doirasidagi oxirgi 3 o‘yinida durang natija qayd etdi.

"Manchester Siti" APLdagi so‘nggi 7 uchrashuvidan oltitasida darvozasidan to‘p olib chiqmadi.

«Shahrliklar» APLdagi so‘nggi 7 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrashgani yo‘q.

"Manchester Siti" «Brayton» maydonidagi oxirgi 4 bahsda kamida ikkitadan gol kiritishga erishgan.

Ayni vaqtda jamoalar APL jadvalida yonma-yon borishmoqda. «Siti» 17 ochko bilan uchinchi, «Brayton» 15 ochko bilan to‘rtinchi o‘rindan bormoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 09:05, 23.10.2021.
O'qildi: 2601 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик