Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Aleksandr Xomyakov: "Hozirgi holatimizda bir ochko qo‘lga kiritish yomon emas"

Aleksandr Xomyakov: "Hozirgi holatimizda bir ochko qo‘lga kiritish yomon emas"

Baho:
+ | -

Superliganing 23-turidan o‘rin olgan "Mash’al" — "Navbahor" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov fikrlarini bildirdi.

"Hammasini ko‘rdingiz. Ochko juda zarur edi. Garchi g‘alabaga munosib o‘ynamagan, vaziyatlar kam yaratgan bo‘lsakda 1 ochko ishladik. Ikkinchi bo‘limda legioner hujumchimizda vaziyat yuzaga kelgandi. Oxirgi 3ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan edik. Endi esa ochko ishlashni uddasidan chiqa oldik. Bu bizga yordam beradi, deb o‘ylayman. Har bir o‘yinga finaldek munosabatda bo‘lyapmiz. Harakat qilamiz, ishlaymiz. Yigitlarga e’tirozim yo‘q. To‘g‘ri biroz agressivlik yetishmayapti",— deydi Aleksandr Xomyakov.

— "Mash’al" o‘z maydonida ishonchli o‘ynaydimi yoki safarda?

— Safarda bizga qarshi hujumkor va tajovvuzkor o‘ynashadi. Qarshi hujumlarda imkoniyatimiz bo‘ladi. Uyda esa to‘p bilan ko‘proq muomalada bo‘lishimiz talab qilinadi. Hujumlarda ijodkorlik yetishayotgani yo‘q.

— "Navbahor" bilan durang sizni qoniqtirdimi?

— "Navbahor" kuchli jamoa. Ular yaxshi himoyalanadi. G‘alaba uchun o‘ynamaganimiz ko‘rindi. Lekin ayni paytdagi holatimizda bir ochkoni qo‘lga kiritish yomon emas.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 19:11, 23.10.2021.
O'qildi: 1516 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик