"Barselona"ning niderlandiyalik yarim himoyachisi Frenki de Yong La Liganing 10-turidan o‘rin olgan "Real Madrid"ga qarshi o‘yinda (1:2) jarohat oldi.
24 yoshli futbolchi uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq maydonga tushdi va o‘yinning 77-daqiqasida Serxi Roberto almashtirildi.
"Barselona" matbuot xizmatining xabar berishicha, de Yongga son suyaklari zo‘riqishi tashxisi qo‘yilgan. O‘yinchining maydonga qaytish vaqti tiklanish tezligiga bog‘liq bo‘ladi.