Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Zidan va Konte. «Manchester Yunayted»ni kim qutqaradi?

Zidan va Konte. «Manchester Yunayted»ni kim qutqaradi?

Baho:
+ | -

OAVda Ole-Gunnar Sulsherning «Manchester Yunayted»dagi faoliyati yakunlanib borayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Norvegiyalik murabbiy jamoa bilan qariyb uch yildan beri ishlayapti, biroq «qizil iblislar» o‘yinida haligacha jiddiy o‘zgarishlar ko‘rinmayapti. Sulsher Manchester klubining darajasi va ambisiyalariga to‘g‘ri kelmasligi haqidagi gap-so‘zlar anchadan beri davom etmoqda. «Liverpul»dan uchralgan 0:5 hisobidagi mag‘lubiyat faqatgina o‘zgarish zarurligini ta’kidlaydi. Ammo Sulsherdan keyin «Manchester Yunayted»ni kim boshqaradi? «Stadion.uz» nashri asosiy nomzodlar haqida fikr yuritadi.

Antonio Konte



Birinchi raqamli nomzod - Antonio Konte. Mish-mishlarga ko‘ra, italiyalik mutaxassisningo‘zi ham «Manchester Yunayted»da ishlashga qarshi emas, 52 yoshli murabbiyning o‘zi ham bunga qiziqayotgani aytilmoqda. Nega endi yo‘q? Antonio ingliz futbolini biladi - italiyalik Britaniyada ikki mavsumni «Chelsi» ustozi sifatida o‘tkazdi va birinchi mavsumning o‘zidayoq jamoaga chempionlik unvonini olib berdi. «Manchester Yunayted» - katta nomga ega va juda ko‘p imkoniyatlarga ega klub, bu Kontega mos keladi. Agar Antonio 2013 yildan beri Angliya chempioni bo‘lmagan «qizil iblislar»ni APL oltin medallariga yetaklay olsa, bu uning futbol olamidagi mavqei va obro‘siga ijobiy ta’sir qiladi.

Antonio Konte bilan bog‘liq vaziyatda ko‘p narsa gleyzerlarning shunday kuchli xarakterga ega murabbiyni taklif qilmoqchimi yoki yo‘qligiga bog‘liq. Ole-Gunnar Sulsher klub rahbarlari uchun yetarlicha qulay murabbiy, Konte esa unga mutlaqo qarama-qarshi. Italiyalik so‘ramaydi, balki talab qiladi. Konte moliyaviy muammolar tufayli yetakchilarni sotish kerak bo‘lgan sharoitda jamoani qayta tiklashga rozi bo‘lmay, chempionlikdan so‘ng «Inter»ni tark etdi. Bu ko‘p narsadan dalolat beradi.
 
Zinedin Zidan



Yana bir nomzod - Zinedin Zidan. «Manchester Yunayted» fransiyalik futbolchi bilan muzokara haqidagi mish-mishlar o‘tgan haftada, ya’ni «Liverpul» bilan bahsdagi muvaffaqiyatsizlikdan oldin paydo bo‘lgandi. Aytishlaricha, «qizil iblislar»ning Zidan bilan aloqalariga Madridda Zinedin bilan birga ishlagan Krishtianu Ronaldu yordam bergan. OAVning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Zidan «Manchester Yunayted»ni qabul qilishni istamayapti. Sababi fransiyalik mutaxassisning hali murabbiylikka qaytishni istamagani aytilmoqda. Agar shunday bo‘lsa, Zinedinni «qizil iblislar» ruliga kelishini, klub rahbarlariga ishontirish qiyin bo‘ladi.

Avvalroq matbuotda Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarish imkoniyatini kutishi aytilgandi. Yevro-2020dagi omadsizlikka qaramay, Fransiya federasiyasi Didye Deshamga ishonch bildirdi va u keyinchalik Millatlar ligasida g‘olib chiqdi. To‘g‘ri, musobaqa unchalik nufuzli sovrin emas, ammo baribir rasmiy kubok. Desham jahon chempionati oldidan ketishi dargumon. Zinedin Zidan hech bo‘lmaganda yana 14 oy kutishga tayyormi yoki klub darajasidagi karyerasini boshlashga qaror qiladimi?

Boshqa variantlar

Agar Antonio Konte va Zinedin Zidan «Manchester Yunayted»ga qat’iy «yo‘q» desa, klubda muammolar paydo bo‘ladi, chunki klubsiz obro‘li murabbiylar yo‘q. Ernesto Valverde, Kike Setyen, Paulo Fonseka, Andre Villash-Boash, Yurgen Klinsmann va Lyusen Favr bor, ammo ularning saviyasi «qizil iblislar»ning ambisiyalariga deyarli mos kelmaydi.



Ueyn Runi nisbatan oddiyro «Derbi»da ishlamoqda va natijalari ham yomon emas. Uni jamoaga taklif qilish unchalik qiyin bo‘lmasa kerak, ammo «Manchester Yunayted» sobiq futbolchini taklif qilib, «Milan», «Chelsi» va «Yuventus» kabi futbolchilarning xatosini takrorlashi mumkin. Sababi, Runi hali ham Frenk Lempard, Jennaro Gattuzo va Andrea Pirlo kabi murabbiylik mahorati unchalik katta emas.



Eddi Xou yaxshi variant bo‘lib tuyulishi mumkin. Bu yosh mutaxassis «Bornmut» klubi Premyer-ligaga qaytib, musobaqada ko‘plab ajoyib uchrashuvlar o‘tkazdi va murabbiy maqtovga sazovor bo‘ldi. Ammo, «Manchester Yunayted» ... Xouning bu darajaga chiqishiga, Sulsherdan yaxshiroq ishlashiga shubha qilishi mumkin.

Yozda Ukraina terma jamoasini tark etgan Andrey Shevchenko hamon biror bir joyda ish boshlashga ulgurmadi. Bu ambisiyalarga ega va katta tajribaga ega yosh murabbiy. U Ukraina terma jamoasiga zamonaviy futbolni singdirdi. To‘g‘ri, uni «Manchester Yunayted»da ish boshlashini tasavvur qilish juda qiyin. Chunki, murabbiylik faoliyatidagi birinchi klub va darhol yuqori o‘rinlarni egallash...
Juda qiyin



Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 09:23, 26.10.2021.
O'qildi: 8300 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.