Fichajesning so‘zlariga ko‘ra, Serxi Roberto 2022 yilning yozida erkin agent bo‘lishga qaror qilgan. Futbolchini «Barselona»dagi imkoniyatlar qoniqtirmayapti.
29 yoshli futbolchining bir qancha takliflari bor. «Arsenal» - eng qat’iy da’vogar. Shuningdek, Roberto Xosep Gvardiolani qadrlaydi, ammo Roberto asosiy futbolchi maqomiga ega bo‘lishni xohlaydi.
Ma’lumot uchun, Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi butun faoliyatini «Barselona»da o‘tkazgan.