Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

«Tottenxem» amalga oshirgan eng qimmat transferlar (top-10)

«Tottenxem» amalga oshirgan eng qimmat transferlar (top-10)

Baho:
+ | -

Angliya futboli tarixida ko‘plab trasferlar amalga oshirilgan. Londonning «Tottenxem» klubi ham o‘z tarixida ko‘plab xaridlarni amalga oshirgan. «Stadion.uz» nashri «shporlar» tarixida amalga oshirilgan eng qimmat trasferlar haqida to‘xtalib o‘tadi.  

10. Rayan Sessenyon ⇦ «Fulxem», 27 million yevro;



Rayan Sessenyonning transferi reytingni ochadi. Ikki yil avval «shporlar» Rayan uchun kechgan kurashda Premyer-liganing gigantlarini ortda qoldirib, «Fulxem» futbolchisini sotib oldi. Transfer «Tottenxem»ga 27 million yevroga tushdi. Klub 21 yoshli ingliz futbolchisi bilan 6 yillik shartnoma imzoladi. Hozirda, Rayan Germaniyaning «Xoffenxaym» klubida ijara asosida to‘p tepmoqda.

9. Lukas Moura ⇦ «PSJ», 28 million yevro;



To‘qqizinchi o‘rinda Lukas Mourning 28 million yevrodan sal ko‘proq summaga amalga oshgan transfer joy oldi. Braziliyalik futbolchi uch yil avval Parijdan Shimoliy Londonga ko‘chib o‘tgandi. «PSJ»da o‘yin amaliyotidan mahrum bo‘lgan Moura tezda «Tottenxem»ga moslashdi va hozir jamoa yetakchilaridan biri. Ayniqsa, uning 2018/19 yilgi UYEFA Chempionlar ligasi yarim final bosqichidagi o‘yinini ta’kidlab o‘tish kerak. O‘shanda Lukas «Ayaks» bilan kechgan uchrashuvda xet-trik qayd etib, jamoasini irodali g‘alaba qozonishiga, hamda finalga chiqishiga yordam bergan.

8. Son Xin Min ⇦ «Bayer», 30 million yevro;



Ushbu xaridni klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli transferlardan biri deyish mumkin. «Shporlar» 2015 yilning avgust oyida o‘z safiga Janubiy Koreya terma jamoasi a’zosini qo‘shib olgan. «Tottenxem» «Bayer» hujumchisi Son Xin Minni 30 million yevro evaziga sotib oldi. Koreyalik tezda Londonga moslashdi va jamoa yetakchilaridan biriga aylandi. Klubdagi besh yillik faoliyatidan so‘ng, Son 107 gol bilan «Tottenxem» tarixidagi eng ko‘p gol urgan beshta to‘purarlaridan biri hisoblanadi.

7. Erik Lamela ⇦ «Roma», 30 million yevro;



Erik Lamela — «Tottenxem»dagi yettinchi eng qimmat transfer. «Shporlar» argentinalik futbolchini 2013 yilning yozida «Roma»dan 30 million yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgandi. Lamela «Tottenxem»ga potensial superyulduz sifatida ko‘chib o‘tdi, trasfer paytida u 20 yoshda edi, ammo u hali Tumanli Albionda yorqin karyerasini qura olmadi.

6. Roberto Soldado ⇦ «Valensiya», 30 million yevro;



Hujumchi Roberto Soldado faoliyatining ma’lum davrini Londonda o‘tkazdi. 2013 yilning avgustida «shporlar» Soldadoni «Valensiya»dan 30 millionga sotib olgan bo‘lsa, roppa-rosa ikki yildan so‘ng «Vilyarreal»ga 16 millionga sotdi. Afsuski, Soldado «shporlar» tarkibida o‘z o‘rnini topa olmadi.
76 uchrashuv, 16 gol, 11 golli uzatma.

5. Stiven Bergveyn ⇦ PSV, 30 million yevro;



Beshinchi o‘rinda «Tottenxem» sotib olgan yan bir iqtidor Stiv Bergveyn joylashgan. PSV va Gollandiya terma jamoasining 23 yoshli vingeri uchun londonliklar 30 million yevro to‘lashdi, bu uning haqiqiy qiymatidan 5 million yevroga kam. Bergveyn 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Futbolchi hozirgacha Angliya Premyer ligasi doirasida 30 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol muallifiga aylangan.

4. Musa Sissoko ⇦ «Nyukasl Yunayted» 35 million yevro;



2016 yil yozining so‘nggi kunida «Tottenxem» «Nyukasl Yunayted» markaziy yarimhimoyachisi Mussa Sissoko bilan shartnoma imzoladi va «shporlar» bu transfer uchun 35 million yevro to‘ladi. Sissokoning transferini muvaffaqiyatli deb hisoblash mumkin, uch yarim yil davomida fransiyalik futbolchi «Tottenxem» bilan 150dn ortiq o‘yin o‘tkazgan. Ammo, joriy mavsum avvalida klub bilan yuzaga kelgan muammolar sabab, fransuz futbolchisi boshqa jamoaga qaytishga majbur bo‘ldi. Musaning yangi jamoasi — «Uotford». Ma’lum bo‘lishicha, London  klubi bu transferdan 2,5 milliona funt foyda ko‘rgan.

3. Davinson Sanches ⇦ «Ayaks», 40 million yevro;



Kolumbiyalik Davinson Sanches «Tottenxem» tarixidagi eng qimmat xaridlar reytingida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. 2017 yilning avgustida «shporlar» bu futbolchi uchun «Ayaks»ga 40 million yevro to‘lagan. Sanches «Tottenxem» safida to‘rt yil davomida 100 dan ortiq o‘yin o‘tkazdi. U hozirda Premer-ligadagi eng qimmat markaziy himoyachilardan biri hisoblanadi. Uning trasfer summasi 32 million yevroni tashkil qiladi.

2. Jovanni Lo Chelso ⇦ «Betis», 48   million yevro;



Argentinalik yarimhimoyachi Jovanni Lo Chelso ro‘yxatimizning ikkinchi o‘rnidan joy oldi. O‘tgan yozda «Tottenxem» Lo Chelsoni «Betis»dan 16 million yevroga ijaraga oldi va olti oydan so‘ng to‘liq shartnomasini sotib olish opsiyasidan foydalandi. Umuman olganda, argentinalik «shporlar»ga 48 million yevroga tushdi.

1. Tangi Ndombele ⇦ «Lion», 60 million yevro;



«Tottenxem» 2019 yilning yozida o‘z tarixidagi eng qimmat xaridni amalga oshirdi. «Shporlar» «Lion» klubi tayanch yarimhimoyachisi Tangi Ndombeleni 60 million yevro evaziga sotib oldi. Ndombelening transferi hali o‘zini oqlagani yo‘q: jarohatlar doimiy ravishda takrorlanishi tufayli fransiyalik futbolchi asosiy tarkibda mustahkam o‘rin ola olmayapti.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 14:13, 27.10.2021.
O'qildi: 3887 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.