Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

O‘zbekiston kubogida chorak finalning 3ta o‘yini qoldi (prevyu)

O‘zbekiston kubogida chorak finalning 3ta o‘yini qoldi (prevyu)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogining chorak final bosqichi doirasida bugun 2ta, ertaga esa bitta bahs bo‘lib o‘tadi. Anons shaklida uchrashuvlarga to‘xtalib o‘tamiz.

28 oktyabr, payshanba.
Soat 18:15, Olmaliq. AGMK – QIZILQUM.
Bosh hakam: Shavkat Nasibullayev. Namoyish “Sport” telekanalida LIVE

AGMK kubok bahslarida ketma-ket finalga yetib bormoqda. Bu gal ham Mirjalol Qosimov shogirdlari omadli qur’a sabab yarim finalga juda yaqin. Sababi, AGMK chorak finalda o‘z maydonida o‘ynaydi. Raqib “Qizilqum” klubi. Hamidjon Aktamov shogirdlarida mavsumning ikkinchi qismida o‘yin borasida pasayish bo‘ldi. Ba’zi holatlarda “Qizilqum” hakamlikdan ham aziyat chekdi. Kubokdagi ishonchli o‘yin orqali Hamidjon Aktamov rahbariyat oldida “yuzini yoriq qilib olishi” mumkin. Demak, bizni  zo‘r o‘yin kutayapti.

Soat 18:15, Toshkent. BUNYODKOR – SURXON.
Bosh hakam: Rahimbek Karimov. Namoyish “Dunyo bo‘ylab” telekanalida LIVE

O‘zbekiston Superligasida so‘nggi turlar “Surxon” ochko jamg‘arish borasida yetakchilardan. Agar termizliklar mavsum avvalidan shu yo‘nalishda borganida bugun medallar uchun kurashayotgan bo‘lardi. Ammo...

“Bunyodkor” joriy mavsum chiroyli o‘yin namoyish qilayotgan 5ta klubning biri. Shuhrat Maqsudov o‘zini har tomonlama murabbiy sifatida isbotlamoqda. Ammo medallar uchun kurashdan chiqib ketdi. Demak, Superliga “Bunyodkor” uchun yakunlandi. Buyog‘iga Shuhrat Maqsudov bor e’tiborni O‘zbekiston kubogiga qaratadi.

29 oktyabr, juma.
Soat 18:15, Jizzax. So‘g‘diyona – Nasaf.
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev. Namoyish “Sport” telekanalida LIVE

O‘zbekiston kubogi chorak finalining eng markaziy o‘yini Jizzaxda bo‘lib o‘tadi. Ulug‘bek Baqoyev va Ro‘ziqul Berdiyev yana murabbiy sifatida raqobatga kirishadi. “Nasaf”ni OFK finalidan oldin murakkab sinov kutmoqda. Sababi, “Nasaf” Jizzaxda so‘nggi vaqtlar qiyin o‘yinlar o‘tkazmoqda.

“So‘g‘diyona”ning ustun tomonlari shundaki, klub o‘z maydonida raqibni qabul qiladi. Yana Superligada ham so‘nggi tur safarga chiqmadi. Qo‘shimchasiga, amaldagi chempion “Paxtakor”ni mag‘lub qildi. Kayfiyat yaxshi.

“Nasaf”ning ustun tomoni bu – o‘yini. Chunki, jamoaviy harakatlar va hujumkorlik borasida Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari yuqori darajaga chiqib bormoqda. Tarkibda ham katta yo‘qotishlar yo‘q. Hujumchilar Husayn Norchayev va Andrea Kalujerovich ketma-ket gollar urishmoqda.

Bir narsa aniq – ertaga bizni zo‘r o‘yin kutmoqda. Oldindan qaysi klubda ustunlik bor ekanini-da aytish qiyin. Faqat o‘yinni tomosha qilish kerak.

Zuhriddin Qilichev.

Manba: https://t.me/Zuhriddin_Qilich
Kiritildi: 16:49, 28.10.2021.
O'qildi: 2922 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.