Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya 2-1 Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya 0-0 Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya - Panama
07/07 06:00 Urugvay - Braziliya

APL. Bugun Gvardiola "Manchester Siti" boshqaruvida yubiley o‘yinini o‘tkazadi (prevyu)

APL. Bugun Gvardiola "Manchester Siti" boshqaruvida yubiley o‘yinini o‘tkazadi (prevyu)

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-Ligasi 10-turida "Manchester Siti" London klubi "Kristal Pelas"ni qabul qiladi.

Mazkur bahsdan oldin jamoalarning holati va qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Bilasizmi?

Bu Pep Gvardiolaning "Manchester Siti" boshqaruvidagi 200-o‘yini bo‘ladi (146 g‘alaba, 25 durang, 28 mag‘lubiyat). Qanday natija qayd etilishidan qat’i nazar, mutaxassis ushbu 22 lik dovonni zabt etgan musobaqadagi istalgan murabbiydan ko‘proq g‘alaba qozongan.

"Manchester Siti" shanba kuni mahalliy vaqt bilan 15:00da boshlangan oxirgi 50 APL o‘yinidan faqatgina bittasida mag‘lubiyatga uchragan (43 g‘alaba, 6 durang). Ammo, o‘sha mag‘lubiyat 2018 yilning dekabr oyida aynan "Kristal Pelas"ga qarshi uchrashuvda (2:3) qayd etilgan.

"Kristal Pelas" hujumchisi "Manchester Siti" darvozasiga gol urmagan va unga qarshi eng ko‘p o‘yinda (13) maydonga tushgan futbolchi sanaladi. Ammo, belgiyalik APLdagi oxirgi 10 safar uchrashuvida 5 gol urishga erishdi. Oldin u ushbu natijaga erishish uchun 32 o‘yiinda maydonga tushgandi.

2013/2014 yilda Premyer-Ligaga qaytganidan beri, «Pelas» "Manchester Siti" bilan 16 o‘yinda jami 39 gol o‘tkazib yuborgan va bir o‘yinda darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. «Burgutlar» ushbu 16 uchrashuvdan 11tasida gol urishni uddasidan chiqmagan.

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Andre Marriner

Qanot hakamlari: Adrian Xolms, Skott Lejer

Zaxira hakami: Entoni Teylor

VAR: Li Meyson

VAR yordamchisi: Yan Hussin

"Manchester Siti" va "Kristal Pelas" quyidagi tarkib bilan o‘yinni boshlashi kutilmoqda.

Taxminiy tarkiblar

"Manchester Siti": Ederson, Uoker, Diash, Laport, Kanselu, Silva, Rodri, De Bryuyne, Foden, Jezus, Grilish

"Kristal Pelas": Guaita, Uord, Andersen, Gexi, Mitchell, Gallager, Milivoyevich, MakArtur, Olise, Benteke, Zaha

Hafta o‘rtasida "Manchester Siti" a’zosi Rahim Sterling jarohatidan forig‘ bo‘lib qaytdi, lekin bu o‘yinni zaxirada boshlashi mumkin. De Bryuyne va Gyundogandan biri bugungi o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda. Ferran Torres jarohati bois uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.

Uilfrid Zaha o‘tgan hafta jarohatidan qaytdi va bugungi uchrashuvda asosiy tarkibda tushish ehtimoli yuqori. Bu esa Olise, Eduar va Ayu hujum uchligining bir pozisiyasi uchun kurashishini bildiradi. Natan Fergyuson jarohat olib safdan chiqqan. Eberechi Eze esa sport formada emas.



Raqamlar

"Manchester Siti" barcha musobaqalarda "Kristal Pelas"ga qarshi oxirgi 8 uy uchrashuvida o‘rtacha 2,5 tadan ko‘proq gol kiritilgan.

"Kristal Pelas" Angliya chempionatidagi oxirgi 4 uchrashuvida durang natija qayd etgan.

"Manchester Siti" barcha musobaqalarda "Kristal Pelas"ga qarshi oxirgi 8 uy uchrashuvining har birida kamida 2 tadan gol kiritgan.

"Manchester Siti" APLdagi oxirgi 8 uchrashuvida mag‘lubiyatga uchramagan.

Tomonlar APLda o‘zaro 22 marta to‘qnash kelishgan. 14 marta «Siti», 3 marotaba «Pelas» g‘alaba qozongan.

Jamoalarning oxirgi uchrashuvida (may oyida) londonliklar 0:1 hisobida o‘z uyida imkoniyatni boy bergan.

Eslatib o‘tamiz, buguni bahs Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 10:20, 30.10.2021.
O'qildi: 2294 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.