Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Sport olamidagi eng serfarzand mashhurlar haqida bilasizmi?

Sport olamidagi eng serfarzand mashhurlar haqida bilasizmi?

Baho:
+ | -

Har xil sport turlarida mashhurlikka erishganlarning hammasi haqida ham yaxshi ma’lumotga ega emasmiz. Ammo shunday atletlar borki, ularning nafaqat o‘zlarini, balki oila a’zolarini ham taniymiz va ular haqida bilamiz. Yana shunday sport vakillari borki, ular o‘zlarining serfarzandligi bilan insonni hayratga soladi. Beixtiyor, hozirgi zamonda ham(Afrikadan tashqari) shuncha farzand ko‘radiganlar bormikan, deb yuboradi kishi. Xo‘sh, ular kimlar? Quyida, shu haqda bilib olasiz.

Krishtianu Ronaldu – 6ta (bo‘ladi).

Yaqindagina superyulduz Ronaldu o‘z Instagram sahifasida rafiqasi, Jorjina Rodrigezning egizak farzand kutayotganini ommaga ma’lum qildi. Shunday qilib, Krishtianu yana ota bo‘ladi. 36 yoshli «MYU» afsonasi ijtimoiy tarmoqda rafiqasi Jorjina va «UZI» natijalari chop etilgan qog‘ozlar bilan ko‘rinish bergan edi. Portugaliyalik yulduzning hozirda allaqachon to‘rtta farzandi bor. Bular: Yosh Krishtianu, Alana, Eva hamda Mateo. Ularga yana ikkita chaqaloqning qo‘shilishi, farzandlar sonini 6 taga yetkazdi.

Mayk Tayson – 8ta.

«Temir Mayk» hozirda sakkizta farzandga otalik qiladi. Ammo ularning onasi nechtaligi ma’lum emas. Negaki, Tayson hayoti davomida uch marta turmush qurgan. Oldin Robin Givens va Monika Tarner bilan, hozirda esa Lakiya Spayser bilan yashamoqda. Shu sabab sakkizta farzandning qaysi onalardan bo‘lgani ochiqlanmagan.
Maykning hayotida 2009 yilda fojeali hodisa yuz beradi. Uning qizlaridan biri, atigi to‘rt yoshida g‘ayritabiiy baxtsiz hodisa sabab, hayotdan ko‘z yumadi. O‘sha paytda Tayson axloqsiz hayot tarzi sababli farzandlariga arzimasligini aytgandi. U bu haqda shunday degan: «Men yaxshi inson emasman. Mening hayotimda quvonchlar ko‘p edi. Men bundan doimo minnatdorman. Men o‘z rafiqamga arzimayman, men farzandlarimga arzimayman. Ammo ular meni yaxshi ko‘rishadi va men ularga rahmat aytaman».

Muhammad Ali – 9ta.

Boksdagi, umuman sportdagi buyuk siymolardan biri, hozir biz bilan birga bo‘lmasligi mumkindir, ammo u o‘z merosini ringdagi harakatlari va farzandlari bilan bizga qoldirib ketgan. Hammasi bo‘lib, Alida to‘qqizta farzand bo‘lgan. Ular beshta turli xil ayollardan tug‘ilgandi. Jumladan, bokschining ikkinchi ayoli, Belinda Boyddan to‘rtta farzandi bor. Uchinchi jufti Veronika Porchedan esa, ikkita qizi bo‘lgan. To‘rtinchi rafiqasi Yolanda Uilyamsdan bitta asrab olingan o‘g‘li ham mavjud. Muhammadni, shuningdek, boshqa munosabatlardan yana ikkita farzandi bor. Ulardan biri Leyla Ali bo‘lib, u hozirda otasining ishi, bokschilikni davom ettirmoqda.

Uilli Anderson – 9ta.

Anderson AQSHda mashhur basketbolchi hisoblanadi. U «San Antonio», «Toronto Reptors», «Nyu-York Niks» hamda «Mayami Hit» jamoalarida harakat qilgan. NBA atleti nafaqat maydondagi, balki undan tashqaridagi «jasoratlari» bilan ham tanilgan. Uning to‘qqizta farzandi bo‘lgan. Eng qizig‘i, farzandlar yettita turli xil ayollardan edi. 2003 yilda Uilli 1,3 million funtni uchta ayoliga aliment sifatida to‘lab berishga majbur qilinadi.

Evander Xolifild – 11ta.

Yana bir boks afsonasi Xolifildda 11 ta farzand bo‘lgan. Ammo u ham ushbu bolalarga naq oltita ona «tanlashga majbur bo‘lgan». Negaki, Evander nafaqat ringda, balki undan tashqarida ham faol insonlardan biri edi. Aytishlaricha, uning ikkita farzandi nikohsiz tug‘ilgan ekan. U faoliyati davomida 160 million funt boylikka erishgan. Ammo 2013 yilda sobiq bokschi 400 ming funtni aliment sifatida to‘lashga majbur bo‘ladi. Uning hayotidagi qimor o‘yinlari bilan bog‘liq ishlar, shuningdek, tartibsiz hayot, bokschining boyliklari sovrilib ketishiga sabab bo‘ladi.

Kelvin Myorfi – 14ta.

NBA shon-shuhrat zalida nomi zikr etilgan basketbol afsonalaridan biri bo‘lgan Myorfida o‘n to‘rtta farzand mavjud. Ammo ularning hammasi har xil ayollardan tug‘ilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Kelvin hayoti davomida to‘qqizta ayol bilan munosabatlarda bo‘lgan. Eng qizig‘i, basketbolchining nikohsiz tug‘ilgan 5 ta qizi, uni jinsiy zo‘ravonlikda ayblab, sudga beradi. Qonuniy nikohda bo‘lgan ikkita qizi esa Myorfini himoya etadi. Yakunda esa, dalillarning yetishmasligi uni qamoqdan qutqarib qoladi. Ammo Myorfining obro‘si har xil ayollar sabab, to‘kilib bo‘lgan edi.

Garrincha – 14ta.

Eng mashhur futbolchilardan biri Garrincha, maydon tashqarisida, shaxsiy hayotida rang-barang voqealarni boshdan kechiradi. U (kamida) o‘n to‘rtta farzandga otalik qilgan. Uning estrada yulduzi Elza Soaresh bilan munosabatlari katta janjallarga sabab bo‘ladi. Har xil voqealar va baxtsizliklar sabab, boyligidan ayrilgan futbolchi, 1983 yilda, 49 yoshida vafot etadi.
Garrinchaning Shvesiyaga sayohati davomidagi munosabatlardan bunyod bo‘lgan o‘g‘li, Ulf Lindberg, otasidek futbolchi bo‘lib yetishadi. U o‘z yurti, Shvesiyada to‘p suradi. Yana bir o‘g‘li Martin va nabirasi Genrik Yoxansson 2019 yilga qadar «Brentford» klubida faoliyat yuritgan edi.

 

Jaloliddin ISMATOV tayyorladi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 21:19, 31.10.2021.
O'qildi: 5199 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.