Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Tuxel: "Qatorasiga beshinchi yoki oltinchi o‘yinda favorit sifatida ko‘rilyapmiz"

Tuxel: "Qatorasiga beshinchi yoki oltinchi o‘yinda favorit sifatida ko‘rilyapmiz"

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi guruh bosqich 4-tur doirasida «Chelsi» bugun Shvesiyada «Malmyo» klubi bilan o‘ynaydi. Bahsdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida «aristokratlar» bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Chelsi» bugungi bahsda ham favorit sifatida harakat qiladi va Tuxel futbolchilaridan yaqin kunlarda ko‘rsatgan o‘yinlar va harakatni bugungi uchrashuvda ham namoyish etishlarini talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ikki hafta oldin "Stemford Bridj"da o‘tkazilgan jamoalarning birinchi davradagi o‘yinida 4:0 hisobida londonliklar zafar quchishgandi.

"Chempionlar Ligasi tafsilotlardan iborat. «Malmyo»ning yo‘qotadigan narsasi yo‘q. Ular juda ham erkin o‘ynashlari va hissiyotlarga to‘la ishqibozlari oldida katta jasorat bilan harakat qilishlari mumkin. Bu biz to‘qnash kelishimiz mumkin bo‘lgan narsalar hisoblanadi.

Bu qatorasiga beshinchi yoki oltinchi marotaba o‘yinda favorit sifatida ko‘rilyapmiz. Ushbu o‘yinlarda jamoamning yondashuvi menga yoqdi. Biz juda ko‘p harakatlar va shijoat ko‘rsatdik va maydonda ochkoga loyiq ekanligimizni isbotladik. Bu yana juda ham muhim".

«Malmyo» g‘ayrioddiy o‘yin ko‘rsatishi kerak deb aytishingiz mumkin va ular bunga mutlaqo tayyorgarlik ko‘rishadi. Bu darajadagi istalgan klub o‘zgacha o‘yin uslubi yaratish uchun tayyor bo‘ladi. Biz bunga tayyor turishimiz kerak va o‘’yinga hamda raqibga bo‘lgan hurmatimizni saqlab qolishimiz zarur. Har narsa bo‘lishi mumkin".

"Afsuski, to‘rt futbolchi hali ham safda emas. Timo, Romelu va Kovachich borasida ajablanarli joyi yo‘q. Meyson esa o‘zini yaxshi his qilmayapti, koronavirusga chalinmagan. U shunchaki, kasal va Malmyoga safardan oldin mashg‘ulotlarda qatnashgani yo‘q. Yaxshi xabar shuki, Pulishich safga qaytdi va «Malmyo»ga qarshi o‘yinda qatnashadi.

Biz yaxshi o‘rinda ketyapmiz va jamoa nima uchun yaxshi pog‘oona ekanimizni biladi. Bu kabi yaxshi natijalar uchun nimalar qilinishi kerak ekanligini va qanday harakat lozimligini bilamiz. Biz hammasini noldan boshlaymiz, bu Chempionlar Ligasining safar o‘yini va g‘alaba qozonishni istaymiz. Buni aytish uchun o‘zimizga ishonamiz".

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» «Yuventus»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin barcha musobaqalarda 6 o‘yinda g‘alaba qozondi.

Manba: chelseafc.com
Kiritildi: 13:30, 02.11.2021.
O'qildi: 2228 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.