Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

Yurtimizda angliyalik taniqli skauter ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi

Yurtimizda angliyalik taniqli skauter ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan mamlakatimizda murabbiy, selesioner (skaut), tahlilchi, hakam, marketolog, psixolog va futbol menejeri kabi yuqori malakali futbol mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida qator tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Aynan ushbu yo‘nalishlarda markaz tashkil etilib, xorijiy va mahalliy tajribali mutaxassislar yordamida o‘zbek futbolining turli sohalarida faoliyat yuritadigan yetuk kadrlarni tayyorlash maqsad qilingan.

Bugun “Xalqaro skauting tashkiloti”ning taniqli mutaxassisi Kolin Chembers ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida O‘FA birinchi-vise prezidenti Ravshan Ermatov O‘zbekistonda mazkur sohani rivojlantirish masalasi bugunning asosiy vazifalaridan biri ekanligini, yosh kadrlarni yetishtirishda xalqaro tajribalardan foydalanish zarurligini ta’kidladi.

Shundan keyin angliyalik mutaxassis o‘zining uzoq yillik faoliyatidan kelib chiqib, skauting shunchaki jarayon emasligi, bu har qanday jamoaning keyingi natijalariga bevosita ta’sir o‘tkazadigan muhim harakat ekanligini aytdi. Shuningdek, yosh futbolchilarni tanlab olishda e’tiborga olish kerak bo‘lgan jihatlarga to‘xtaldi.

Seminar davomida maxsus videodarslik orqali futbolchilarni kuzatish, ularga baho berish va jismoniy holatini aniqlashda yordam beradigan nyuanslar haqida tushuntirishlar berildi. Kolin Chembers skautingda kichik detallar katta natijalarni keltirib chiqarishini qo‘shimcha qildi.

6 kunlik seminarning birinchi kunida, asosan, nazariy mashg‘ulotlar va videodarslikka urg‘u berildi. Keyingi kunlarda reja asosida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi belgilangan.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 08:06, 03.11.2021.
O'qildi: 1389 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик