Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/12 01:00 Valensiya - Malyorka
20/12 17:30 Nyukasl - Chelsi
20/12 18:00 Real Ovyedo - Selta
20/12 20:00 Bornmut - Byornli
20/12 20:00 Brayton - Sanderlend
20/12 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
20/12 20:00 Vulverhempton - Brentford
20/12 20:15 Levante - Real Sosyedad
20/12 22:00 Lasio - Cremonese
20/12 22:30 Osasuna - Alaves
20/12 22:30 Tottenhem - Liverpul

Mark-Andre ter Shtegen: "Ayni vaqtda, bizga hujumni yakunlovchi futbolchi yetishmayapti"

Mark-Andre ter Shtegen: "Ayni vaqtda, bizga hujumni yakunlovchi futbolchi yetishmayapti"

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Chempionlar Ligasi guruh bosqich 4-turi doirasida "Dinamo Kiyev" jamoasi o‘z maydonida «Barselona» bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvda Ansu Fatining kiritgan goli kataloniyaliklar uchun muhim 3 ochkoni taqdim etdi.

Mazkur bahsdan keyin bilidirilgan fikrlarni e’tiboringizga havola etamiz.

«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen: "Bu muhim edi. Biz g‘alaba qozonganimizdan minnatdormiz. «Dinamo»da ham vaziyatlar bo‘ldi, ammo bu har doim sodir bo‘ladi. Umuman, yaxshi o‘yin ko‘rsatdik va bundan xursandman. Ayni vaqtda, bizga hujumni yakunlovchi futbolchi yetishmayapti. Ammo, ikkinchi bo‘limda maydonda yaxshi pozisiyalarga ega bo‘ldik va bu hujumchilarga ko‘p yordam berdi.

Yaqin o‘yinlarda, jamoalar bizga qarshi xavf yaratishmoqda va o‘zlarining imkoniyatlaridan kamroq yoki ko‘proq gol urishmoqda. Bugun biz quruq o‘yin o‘tkazdik. Bu bizning bugungi mehnatlarimizdan juda ham xursand bo‘lishimizga sabab bo‘ladi. Ansu juda ham kuchli hujumchi bo‘lishi uchun yordam berishimiz mumkin bo‘lgan bir qancha narsalar bor. Bu pozision o‘yin haqida gap ketmoqda. Uning kiritgan goli biz uchun muhim edi. Bu faqt uch ochko, atigi uch... lekin ushbu g‘alaba bizga barqarorlik va vaqtinchalik xotirjam bo‘lishimiz uchun imkon beradi. Endi o‘sish vaqti keldi. Bu hafta bizni Seltada katta o‘yin kutib turibdi, ammo sog‘lik har doim sportdan muhimroq va biz uchun Agueroning salomatligi ahamiyatli. U imkon qadar tezroq tiklanishiga umid qilamiz, lekin eng muhim narsa - bu uning sog‘ bo‘lishi".

"Dinamo Kiyev" vingeri Karlos De Penya: "Durang adolatli natija bo‘lardi deb o‘ylayman. Chunki, bizda imkoniyatlar, gol urish uchun yaqqol vaziyatlar bo‘ldi. Albatta, bunday o‘yinlarda ko‘p narsa detallarga bog‘liq. Ular gol urishga tayyor edi va biz esa yo‘q. Shuning uchun uyga juda g‘amgin qaytamiz. Sababi, bu o‘yinda ko‘prog‘iga haqli edik. Bugun gol urishimiz kerak bo‘lgan o‘yin edi. Oldingi bahslarda ko‘plab vaziyatlar yarata olmagan edik, ammo bugun juda yaxshi harakat qildik va tor’t yoki besh marta gol urishimiz mumkin edi. Ter Shtegen ular uchun muhim. Biz oxirgi uzatma va zarba ustida ko‘proq ishlashimiz kerak".

«Barselona» hujumchisi Ansu Fati: "Bu ajoyib g‘alaba va bundan mamnunmiz. Chunki biz ushbu g‘alaba uchun kurash olib bordik. Endi keyingi bosqichga yo‘l olish masalasi o‘zimizning ishga bog‘liq.

Keyingisi «Benfika», keyin «Bavariya». Biz ushbu bahsga kirishish uchun barcha narsani berdik. Bu muhim hafta ekanligini juda yaxshi tushunib yetgandik. Jismoniy jihatdan rivojlanishim kerak. O‘yin ritmiga asta-sekin tushib boryapman. Ushbu golimni Agueroga bag‘ishlayman. U biz uchun muhim va mazkur g‘alaba unga ataladi".

«Barselona»ni boshqarayotgan murabbiy Serxi Barxuan: "Katta g‘alaba. Juda yaxshi o‘ynadik. Xotirjamlikni saqlab qoldik. Ikkinchi bo‘limda ko‘proq sabrli bo‘ldik va kengroq o‘ynadik hamda qanotlarda xavf yaratdik. Bu kalit edi«.»

Manba: uefa.com
Kiritildi: 11:43, 03.11.2021.
O'qildi: 2753 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.