Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon

"Barselona" "Atletiko"ning taklifiga javob qaytardi

"Barselona" "Atletiko"ning taklifiga javob qaytardi

Baho:
+ | -1

"Barselona" yarim himoyachisi Mark Bernal Kataloniya klubida qoladi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Avvalroq Madridning "Atletiko" klubi vakili 18 yoshli futbolchining agenti bilan muzokaralar o‘tkazgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

Biroq manbaning ta’kidlashicha, Bernal "Barselona"da baxtli. Jamoa bosh murabbiyi Xansi Flik unga to‘liq ishonch bildirmoqda. Qayd etilishicha, klub futbolchining ketishini hech qaysi darajada ko‘rib chiqmayapti, ya’ni hatto ijara varianti ham istisno etilgan.

Joriy mavsumda Bernal barcha turnirlarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bernalning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 17:22, 11.04.2026.
O'qildi: 7124 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик