Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Turkiya superligasi. Shomurodovning dubli “Bashakshehir”ga yirik g‘alaba keltirdi

Turkiya superligasi. Shomurodovning dubli “Bashakshehir”ga yirik g‘alaba keltirdi

Baho:
+2 | -

Turkiya superligasining 29-turidan o‘rin olgan “Bashakshehir” hamda “Genchlerbirligi” jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi. Istanbuldagi “Fotih Terim” stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar yirik hisobda g‘alaba qozondi — 3:0.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va o‘yin qahramoniga aylandi. Eldor 9-daqiqadayoq hisobni ochgan bo‘lsa, 40-daqiqada o‘zining ikkinchi golini urib, oradagi farqni oshirdi. Shu tariqa, o‘zbekistonlik hujumchining 6 o‘yindan iborat golsiz seriyasiga chek qo‘yildi. Maydon egalarining yana bir goliga 42-daqiqada Bertug‘ Yildirim mualliflik qildi.

Eldor Shomurodov 81 daqiqa davomida maydonda harakat qildi va o‘rnini Daviye Zelkega bo‘shatib berdi. O‘yindagi samarali harakatlari uchun Eldor 8.6 ball bilan uchrashuvning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb topildi. Yana bir o‘zbekistonlik legioner Abbosbek Fayzullayev ushbu uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Bashakshehir” ochkolarini 47 taga yetkazib oldi. Jamoa turnir jadvalining yuqori qismidagi o‘rnini mustahkamlashda davom etmoqda.

Turkiya superligasi, 29-tur
“Bashakshehir” — “Genchlerbirligi” 3:0
Gollar: 1:0 – Shomurodov (9), 2:0 – Shomurodov (40), 3:0 – Yildirim (42).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:57, 11.04.2026.
O'qildi: 2832 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик