Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Elmira Gulyamova: “Ayollar klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘alaba qozonishga harakat qilamiz”

Elmira Gulyamova: “Ayollar klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘alaba qozonishga harakat qilamiz”

Baho:
+ | -

3 noyabr kuni “Bunyodkor-W” jamoasi Iordaniyaning Aqaba shahriga yetib keldi. Bugun – 4 noyabr kuni jamoa o‘zining birinchi mashg‘ulotini o‘tkazadi. Bu borada “qaldirg‘ochlar” bosh murabbiyi Elmira Gulyamova o‘zining fikrlari bildirib o‘tdi.

- Turkiya orqali Amman shahriga yetib keldik. Iordaniya poytaxtidan Aqaba shahriga avtobusda 5 soatlik yo‘lni bosib o‘tdik. Yo‘l uzoq, futbolchilarni toliqtirdi. Bugundan uchrashuvlar o‘tadigan stadionda mashg‘ulotlarni boshlaymiz. Maydon sun’iy qoplamaliligini inobatga olib, Toshkentda bir necha kun sun’iy qoplamali maydonda mashg‘ulotlar o‘tkazdik.

Bunday turnir birinchi marta o‘tkazilayotganiga qaramay, tashkilotchilik yaxshi darajada. Futbolchilarning kayfiyati a’lo. G‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

- “So‘g‘diyona-W” jamoasi chempion bo‘ldi. Bu narsa xalqaro turnirga e’tiborni kuchaytirishga imkoniyat berdimi?

- “So‘g‘diyona-W” jamoasini chempionlik bilan tabriklayman. Biz chempionlik uchun oxirgi turga qadar harakat qildik. Lekin xalqaro musobaqadani unutganimiz ham yo‘q. Tayyorgarlikni turnirga ketgunga qadar davom ettirdik. Katta hajmdagi ishni bajardik. Buning uchun “Bunyodkor” futbol klubi raxbariyatiga yaratilgan barcha sharoitlar uchun minnatdorchilik bildiraman.

7 noyabr kuni bizni Eronning “Shahrdari Sirjan” jamoasi bilan oson bo‘lmagan birinchi uchrashuv kutmoqda. Tayyorgarlik uchun uch kun bor.

O‘zimizning o‘yin strategiyamizdan tashqariga chiqmagan holda, uchchala raqibimizni ham o‘rganib chiqdik.

- Mahliyo Sarikova jamoangizning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishiga qaramay, o‘tgan yilgi mavsum ikkinchi davrasidan “So‘g‘diyona-W” jamoasiga qo‘yib yubordingiz. Buni sababi nimada?

- Biz doim eng yaxshi jamoa bo‘lishga harakat qilamiz. O‘zimiz ustimizda ishlashdan to‘xtamaymiz. Sarikovaga keladigan bo‘lsak, bir nechta masalalar bo‘yicha u bilan kelisha olmadik. Men bosh murabbiy sifatida barcha o‘yinchilar uchun javobgarman. Jamoada intizom va do‘stona muhit yaratish – meni vazifam. Jamoa jisplashishi, yaxshi futbol ko‘rsata olishi uchun uning a’zolari hamfikr bo‘lishlari lozim. Men atrofimga shunday mutaxassislar va futbolchilarni yig‘ganman.

Eslatib o‘tamiz, “Bunyodkor-W” jamoasi ayollar klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘z qatnashishini 7 noyabr kuni Eronning “Shahrdari Sirjan” jamoasiga qarshi boshlaydi. Uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan 19:00 da start oladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:43, 04.11.2021.
O'qildi: 1633 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.