O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Coca-Cola Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golini aniqlab kelmoqda. Ortda qolgan oktyabr oyida Superligada 3 ta tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi.
Oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar
Baxtiyor Ashurmatov (“Qo‘qon-1912”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 7:4
Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 3:1
Mirjalol Qosimov (AGMK) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 5:3
Bahrom Haydarov (“Surxon”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 3:1
Oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar
Dragan Cheran (“Paxtakor”) — 3 o‘yin, 3 gol (2 tasi penaltidan)
Rustam Nortojiyev (“Surxon”)— 3 o‘yin, 2 quruq o‘yin, 5 seyv
Nurillo To‘xtasinov (“Bunyodkor”) — 3 o‘yin, 2 gol, 1 assist
Sanjar Tursunov (AGMK) — 3 o‘yin, 1 gol, 1 assist, 164 aniq paslar, 20 yakkakurashlar, 22 marotaba to‘pga ega chiqish (podbori)
Elguja Grigalashvili (“Qizilqum”)— 3 o‘yin, 3 gol.
Oktyabr oyining eng chiroyli goliga nomzodlar
Elguja Grigalashvili (“Qizilqum” – “Turon” uchrashuvida kiritgan goli)
Dragan Cheran (“Paxtakor” – “Qizilqum” uchrashuvida kiritgan goli)
Nurillo To‘xtasinov (“Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvida kiritgan goli)
Jasur Xolto‘rayev (“Surxon” – “Qizilqum” uchrashuvida kiritgan goli)
Umarali Rahmonaliyev (“Bunyodkor” – “Turon” uchrashuvida kiritgan goli).
Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida Coca-Cola Superliga klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etishadi. Coca-Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi.
O‘zPFL tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa murabbiy va sardorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi.
Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi. Mazkur havola orqali avgust oyining eng yaxshilarini aniqlash jarayonida ishtirok etish imkoniyatiga egasiz.